8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan Toshkent islom instituti professor-o‘qituvchi, ishchi-xodim va talabalar uchun Axborot-resurs markazi tomonidan “G‘afur G‘ulom” nashriyot-matbaa ijodiy uyi bilan hamkorlikda kitob ko‘rgazma-savdosi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada besh yuzga yaqin badiiy, ilmiy, tarix, diniy-ma’rifiy hamda siyosiy-ijtimoiy kitoblar taqdim etildi. Xususan “O‘zbekiston Respublikasining oila kodeksi”, “Mehnat kodeksi”, “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks”, “Jinoyat kodeksi”, “Fuqarolik huquqi”, “Davlat va huquq nazariyasi”, “Mehnat huquqi”, “Inson huquqi”, “Huquqiy ko‘nikmalar metodologiyasi”, “Rim huquqi” kabi adabiyotlar namoyish qilinib, kitobxonlar o‘zlari qiziqqan mavzudagi kitoblarni xarid qildilar.
ARM Bosh mutaxassisi Abdulaziz Kadirov
Jizzax shahridagi “Yakkasaroy” tantanalar majmuasida ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ehtiyojmand oilalar farzandlariga mehr-e’tibor ko‘rsatish maqsadida ularning xatna to‘yi o‘tkazildi.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Jizzax viloyatidagi vakilligi hamda viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan xayriya tadbirida 2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan 35 nafar bolajonlarga xursandchilik ulashildi.
Bolalarga bayram munosabati bilan velosiped, kostyum-shim, ko‘ylak, oyoq kiyimlari hamda yana boshqa turli xil sovg‘a-salomlar taqdim etildi.
Bolalarning yaqinlari va jamoatchilik vakillari uchun bayram dasturxoni yozildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Jizzax viloyati matbuot xizmati