Bismillahir Rohmanir Rohiym
“Albatta, Allohning zikri buyuk ishdir” deb marhamat qilgan Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin!
“Alloh zikr qilinadigan uy bilan Alloh zikri qilinmaydigan uy xuddi tirik va o‘likka o‘xshaydi” deya ummatlariga zikrning fazilatlarini go‘zal misollar ila yetkazgan Habibimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga durudu salavotlar bo‘lsin!
Ka’bul Ahbor rahimahulloh aytadilar: “Allohning zikri bilan uyingizni nurga to‘ldiring. Xonadoningizga namozingizdan bo‘ladigan xursandchilikni olib kiring. Allohga qasamki, albatta, ularning nomlari samo ahliga ma’lumdir. Ular: “Falonchi uyini Allohning zikri bilan obod qilyapti”, deyishadi”.
Ka’b rahmatullohi alayhi dedilar: «“Subhanalloh”, “Alhamdulillah”, “Laa ilaha illalloh” va “Allohu akbar” zikrlari Arshning atrofida asalarining g‘uvillashi kabi eshitiladi. Ular o‘z egasini va uning solih amallarini zikr qilib turadi».
Davron NURMUHAMMAD
Shu yil, 14 may kuni Jizzax viloyatidan “Haj – 2025” mavsumining ilk ziyoratchilari Jizzax shahridagi “Qaliya” masjididan jo‘nab ketishdi. Haj sari qadam qo‘yayotgan hamyurtlarimizning ko‘zlarida quvonch, tillarida shukronalik.
Allohning farz ibodatini ado etishga otlangan muhtaram yurtdoshim Alloh taolo yurtimiz, xalqimiz haqqiga qiladigan barcha duolaringizni qabul etsin. Duolaringizda bizni ham unutmang!
Hajingiz mabrur, sa’yingiz mashkur va gunohingiz mag‘fur bo‘lsin!
Jizzax viloyati vakilligi
Matbuot xizmati