Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Masjidga: «A’uzu billahil ’aziym va bivajhihil kariym va sultonihil qodiym minash shaytonir rojiym. Alhamdu lillah, Allohumma solli va sallim ’ala Muhammadin va ’ala ali Muhammad. Allohummag‘firliy zunubiy vaftahliy abvaba rohmatik»
(Ulug‘ Allohning karim sifatli yuzi va azaliy sultonligi bilan shaytondan panoh tilayman. Allohga hamd bo‘lsin. Allohim, Muhammadga va u zotning oilalariga salovot va salomlar yog‘dir. Ey Rabbim, gunohlarimni kechir va menga rahmating eshiklarini och), deb, bismillahni aytib, o‘ng oyoq bilan kiriladi.
Chiqishda esa, avval chap oyoq qo‘yiladi.
Imom Navaviyning «Al-Azkor» kitobidan
Alloh taolo aytadi: «Kim Allohga taqvo qilsa, U Zot uning yo‘lini ochib qo‘yur. Va unga o‘zi o‘ylamagan tarafdan rizq berur. U Zot uning ishida osonlik qilib berur. Uning gunohlarini kechirur va ajrini buyuk qilib berur» (Taloq surasi, 2-5-oyatlar).