Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Avgust, 2025   |   15 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:56
Quyosh
05:26
Peshin
12:34
Asr
17:26
Shom
19:34
Xufton
20:57
Bismillah
09 Avgust, 2025, 15 Safar, 1447
Yangiliklar

Hojilarimiz fidoyiliklari o‘z samarasini bermoqda

11.12.2024   41651   3 min.
Hojilarimiz fidoyiliklari o‘z samarasini bermoqda

Joriy yilning 18 iyul kunidan “Yangi O‘zbekistonning fidoyisi bo‘lib, ma’naviyat targ‘ibotchisiga aylanamiz” tashabbus doirasida yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari keng quloch yoydi.

E’tiborlisi, hayot tajribasiga ega hoji ota, hoji onalarning targ‘ibot ishlarini olib borish, shukronalik hissini yanada kuchaytirish va daxldorlik tuyg‘usini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish borasidagi fidoyiliklari o‘z samarasini bermoqda. 

Xususan, shu yilgi hoji ota va hoji onalar imom-xatib va mahalla faollari bilan birga mahallalarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, notinch, ajrim yoqasida turgan hamda moddiy va ma’naviy ko‘mak zarur bo‘lgan oilalar holidan xabar olib, qimmatli va’z-nasihatlar bilan ularning ko‘ngillariga iliqlik olib kirish barobarida xayriya va ehsonlar ulashmoqdalar. 

Oilaviy nizolarni bartaraf etish, ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirish, noto‘g‘ri yo‘lga kirib qolgan yoshlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish kabi masalalar ijobiy hal etilayotgani quvonarli holdir. Mazkur tashabbus doirasida ishsiz fuqarolar ishga joylandi, uyi ta’mirtalab bo‘lganlarning xonadonlari obod qilindi. Ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam ko‘rsatilib, oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi. 

Bu ishlarga hududiy hokimliklar, O‘zbekiston musulmonlar idorasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi bosh-qosh bo‘lib, Respublika ishchi guruhi tomonidan mahalla raislari, faollari, imom-xatiblar, hojilarga mahallalarda amalga oshiriladigan tadbirlar bo‘yicha doimiy tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, 11103 nafar hojilar o‘z mahallalaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, profilaktik hisobda turuvchi, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, notinch oila, ajrim yoqasida turgan fuqarolarga biriktirish ishlari tashkil etildi.

Biriktiruvga asosan, 18 iyul – 4 dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1889 ta, Andijon viloyatida 5811 ta, Buxoro viloyatida 2144 ta, Jizzax viloyatida 6144 ta, Navoiy viloyatida 874 ta, Namangan viloyatida 6700 ta, Samarqand viloyatida  9001 ta, Sirdaryo viloyatida 1361 ta, Surxondaryo viloyatida 1797 ta, Toshkent viloyatida 2058 ta, Farg‘ona viloyatida 2066 ta, Xorazm viloyatida 4165 ta, Qashqadaryo viloyatida 4217 ta, Toshkent shahrida 5116 ta, jami 53 343 ta tadbirlar o‘tkazildi. 

Hududlarda 11103 ta hojilar ishtirokida 313 138 ta fuqarolar holidan xabar olinib, mahalla raislari, imom-xatiblar bilan birgalikda suhbatlar tashkil etildi.

Mahallalardagi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ehtiyojmand oilalarga mahalla va hojilar tomonidan 3 mlrd. 238 mln. 541 ming so‘m miqdoridagi moddiy yordam, 3 mlrd. 682 mln. 635 ming so‘m miqdoridagi oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.  

Shuningdek, 4818 marta tinchlik qadri va shukronilik, 3318 marotaba yoshlar tarbiyasi, illatlarga qarshi kurash,  2697 marotaba ilm-ma’rifatga targ‘ib, 3565 marotaba yot g‘oyalarga qarshi kurash, 7462 marotaba oilaviy janjal va ajrimlar yo‘nalishlarida ishlar olib borildi. 

Shu kunga qadar, umum hisobda 53 343 ta tadbirlar o‘tkazilib, unga  313 138 nafar fuqaro qamrab olindi. 

Mazkur xayrli tashabbus doirasidagi ishlar davom etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Hojilarimiz fidoyiliklari o‘z samarasini bermoqda Hojilarimiz fidoyiliklari o‘z samarasini bermoqda Hojilarimiz fidoyiliklari o‘z samarasini bermoqda Hojilarimiz fidoyiliklari o‘z samarasini bermoqda Hojilarimiz fidoyiliklari o‘z samarasini bermoqda Hojilarimiz fidoyiliklari o‘z samarasini bermoqda Hojilarimiz fidoyiliklari o‘z samarasini bermoqda Hojilarimiz fidoyiliklari o‘z samarasini bermoqda Hojilarimiz fidoyiliklari o‘z samarasini bermoqda Hojilarimiz fidoyiliklari o‘z samarasini bermoqda Hojilarimiz fidoyiliklari o‘z samarasini bermoqda Hojilarimiz fidoyiliklari o‘z samarasini bermoqda Hojilarimiz fidoyiliklari o‘z samarasini bermoqda Hojilarimiz fidoyiliklari o‘z samarasini bermoqda Hojilarimiz fidoyiliklari o‘z samarasini bermoqda Hojilarimiz fidoyiliklari o‘z samarasini bermoqda Hojilarimiz fidoyiliklari o‘z samarasini bermoqda Hojilarimiz fidoyiliklari o‘z samarasini bermoqda Hojilarimiz fidoyiliklari o‘z samarasini bermoqda Hojilarimiz fidoyiliklari o‘z samarasini bermoqda
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Ixlosning alomati

06.08.2025   4619   2 min.
Ixlosning alomati

Shogird ustozi bilan suhbat qilib o‘tirgan edi. Shogird ustozidan so‘radi: 
 

– Ustoz, dunyodan o‘tganingizdan keyin odamlar sizni qanday xotirlashini xohlar edingiz?


Ustoz bir muddat sukut saqlab, so‘ng savolga javob berdi:


– Bizni odamlar qay tariqa eslashlari muhim emas. Balki qabrda va Allohning huzurida qanday kutib olinishimiz muhim. Deylik, oradan bir asr o‘tib, bolalarimiz, balki nabiralarimiz ham olamdan o‘tib ketar. Biz hozir qiynalib, umrimizni, topgan mablag‘imizni sarflab qurdirgan uylarimiz buzilib ketar yo ularda boshqalar yashar. Shuning uchun o‘lgach, bizni kim nima deb eslashiga emas, abadiy safarga hozirlik ko‘rishimiz kerak.


Ha, azizlar! Bu dunyoda yashar ekanmiz, kim uchun yaxshi ota-ona, kim uchun yaxshi umr yo‘ldosh, kim uchun yaxshi farzand bo‘lishga harakat qilamiz. Jamiyatda esa o‘zimizdan yaxshi nom qoldirishga urinamiz. Lekin bu ishlar zamirida Alloh taoloning amir va qaytariqlariga amal qilish yotganini ba’zan unutib qo‘yamiz. Yelib-yugurishlarimiz faqat odamlar uchungina bo‘lib qoladi.


Aslida mo‘min odam har bir amalini xolis Alloh uchun qilib, imkon qadar boshqalardan yashirishi lozim. Aks holda qilgan amalining savobidan mahrum bo‘ladi. Eng yomoni ba’zilar mana shunday nojoiz ishni qilib, kamiga suratga ham oldirib tarqatmoqda.


Tustariy rahimahullohdan so‘rashdi: “Nafsga eng og‘ir narsa nima?”. Aytdiki: “Ixlos – nafsga eng og‘ir narsa. Chunki ixlosda nafs uchun nasiba bo‘lmaydi”. Ixlosning alomati shuki, amal qiluvchiga uning amalidan odamlar xabardor bo‘ldimi-yo‘qmi – unga farqi bo‘lmaydi.

Endi o‘zimizni bir taftish qilaylik-chi, kunlik ishlarimiz, amallarimiz shu mezonga mos kelarmikan?..

Akbarshoh Rasulov

Ibratli hikoyalar