O'tgan haftada diniy-ma'rifiy sohada ro'y bergan muhim xabarlarning qisqacha tafsiloti
00:00 Anons
01:14 Prezident O'zbekiston xalqiga tabrik yo'lladi
01:25 Ramazon fazilati va tinchlik qadri haqida samimiy muloqot bo'ldi
01:45 Muftiy hazratlarining tabriklari nufuzli xalqaro tashkilot sahifalarida e'lon qilindi
01:55 Matbuot sahifalarida Ramazon tilaklari
02:07 Fayzga to'la taroveh namozi
02:35 Murojaatlar o'z echimini topmoqda
02:57 Ramazon – “Mehr-muruvvat va xayru saxovat oyi”deb e'lon qilindi.
04:15 Umrachilarimiz Ramazonni Madinada qarshi oldilar
04:37 Imkoniyati cheklangan hamyurtlarimizga mazmunli suhbat qilib berildi
04:54 Muborak oy oldidan munosib tuhfa
05:35 Muftiy shayx hazratlari juma namozini "Oq uy” masjidida ado etdilar
05:56 Halqaro til sertifikati imtihoni o'tkazildi
06:27 Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlarining Ramazon oyi qutlovi Misr matbuoti nigohida
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Xo‘jamulki" mahallasida "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida keng jamoatchilik va aholi vakillari ishtirokida qizg‘in obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Bu tashabbus mahalla hayotiga yangicha ruh baxsh etib, hamjihatlik va ezgulik muhitini yanada mustahkamlamoqda.
Azaliy qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan hashar an’anasi asosida mahalla ahli bir yoqadan bosh chiqarib, o‘z hududini yanada obod, fayzli va ko‘rkam maskanga aylantirish yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqda. Har bir fuqaroning qalbida Vatanga muhabbat, mahallaga ehtirom tuyg‘usi jo‘sh urib, ular bunyodkorlik ishlariga faol hissa qo‘shmoqdalar.
Xususan, mahalla hududidagi muqaddas qadamjolardan biri – "Xo‘jamulki ota" qabristonida keng ko‘lamli tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Hashar ishtirokchilari tomonidan qabriston hududi begona o‘tlar va chiqindilardan puxta tozalanib, qabr ustilari tartibga keltirilmoqda. Shuningdek, ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratish borasida zarur ishlar olib borilib, ajdodlar xotirasiga chuqur ehtirom ko‘rsatilmoqda.
Bu kabi ezgu tashabbuslar mahallada obodlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash bilan birga, ajdodlarimiz xotirasiga bo‘lgan hurmatimizni namoyon etadi. Ayni paytda, yosh avlodga milliy qadriyatlarimizni singdirish, ularni Vatanga muhabbat va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga egadir. Bugungi hashar – kelajak avlod uchun namuna, ertangi kun uchun mustahkam poydevordir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Surxondaryo viloyati vakilligi Matbuot xizmati