Bismillahir Rohmanir Rohiym
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh solallohu alayhi vasallam: "Kim Ashuro kunida ahli-ayoliga kenglik qilsa, Alloh taolo unga yilning qolganini keng qiladi", dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).
Izoh: Kimki Alloh roziligini istab muharram oyining o‘ninchi kuni ahli va farzandlariga nafaqa va ro‘zg‘orda ochiq qo‘l bo‘lsa, yilning har bir kunida o‘zining ham rizqi keng bo‘lishi umid qilinadi.