Savol: Agar namoz vaqti kirgan bo‘lsayu, lekin azon hali aytilmasdan o‘qib olinsa, azon chaqirilganini eshitilsa namozni qayta o‘qiladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Agar namozni vaqti kirganidan so‘ng o‘qigan bo‘lsa-yu, keyin azon aytilgan bo‘lsa, namoz qayta o‘qilmaydi. Biroq namozni vaqti kirmay turib o‘qigan bo‘lsa, unda namozni qayta o‘qishi kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi
Qiyomat kuni ikki kishiga Alloh taolo rahmat nazari bilan qaramaydi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bunday marhamat qilganlar: “Alloh taolo qiyomat kuni ikki kishiga rahmat nazari bilan qaramaydi. Ulardan biri qarindosh-urug‘i bilan aloqalarini uzgan kishi bo‘lsa, ikkinchisi yomon qo‘shnidir”.
Shunday ekan, kim Allohning nazaridan umidvor bo‘lsa, silai-rahmni uzmasligi, qo‘ni-qo‘shnilar bilan yaxshi qo‘shnichilik qilishi lozim.
Alloh taolo barchamizni O‘zining rahmatiga sazavor aylasin!
Ruhiddin Akbarov,
O‘MIning Qashqadaryo viloyat vakilligi xodimi