Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Iyun, 2026   |   10 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:51
Peshin
12:29
Asr
17:41
Shom
20:04
Xufton
21:46
Bismillah
25 Iyun, 2026, 10 Muharram, 1448

"Asdaa Oman" gazetasi: O‘zbekistonda zamonaviy texnologiyalar madaniy merosni asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazishga xizmat qilmoqda

18.12.2024   82608   1 min.

MASKAT, 18 dekabr. /"Dunyo" AA/. O‘monning "Asdaa Oman" elektron gazetasida O‘zbekistonning zamonaviy madaniyatiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada milliy san’atni asrab-avaylash, yosh avlodni uning go‘zalligida tarbiyalash va madaniyatni rivojlantirish ijtimoiy hayotning ajralmas qismi sifatida O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy elementlari ekanligi ta’kidlanadi.

Madaniyat va san’at sohasidagi ta’limni rivojlantirish, professional ta’lim tizimini takomillashtirish hamda ushbu omillarning jamiyat ma’naviy uyg‘unligini ta’minlashga ta’siri haqida ma’lumotlar keltirilgan.

O‘zbek xalqining boy madaniy merosini asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazish maqsadida zamonaviy texnologiyalar joriy etilayotgani ta’kidlandi. Xususan, madaniy meros elementlarini raqamlashtirish, ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish va targ‘ibotni kuchaytirish borasidagi sa’y-harakatlar xalqaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlariga aylangani e’tirof etilgan.

"Bu nafaqat zaruriyat, balki oliy maqsad hamdir - ushbu jarayonning ijobiy tomonlaridan foydalanish va o‘zbek madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini jahon maydonida namoyish etish millat taraqqiyotining muhim mezoniga aylanadi", - deya xulosa qiladi "Asdaa Oman" gazetasi.

Boshqa maqolalar

Ashuro kuni ushbu 2 amalni bajarishni unutmang!

24.06.2026   4890   1 min.
Ashuro kuni ushbu 2 amalni bajarishni unutmang!

Bismillahir Rohmanir Rohiym

1. Ro‘za tutish.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ashuro kunining ro‘zasi – Allohdan umid qilamanki – bir yil oldingi gunohlarga kafforat bo‘ladi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).


2. Oilaga kengchilik qilish.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim Ashuro kuni ahli ayoliga kenglik yaratsa, Alloh unga yil bo‘yi kenglik yaratadi”, dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Sufyon ibn Uyayna rahmatullohi alayh: “Bu hadisni oltmish yil tajriba qildim va faqatgina yaxshilik ko‘rdim”, deganlar.

Davron NURMUHAMMAD