Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Noyabr, 2026   |   14 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:58
Quyosh
07:16
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:17
Bismillah
24 Noyabr, 2026, 14 Jumadul soni, 1448

Yana to'ylar haqida...

15.01.2024   2415   5 min.
Yana to'ylar haqida...
 

Halqimizda oila va nikoh muqaddas sanalgan. Shu bois ham yoshlarning to'ylariga alohida e'tibor bilan qaralgan. Farzand tug'ilishi bilan turli marosimlar o'tkaziladi. O'zbek to'ylari qadimdan xalqni ma'naviy-ruhiy tomondan tarbiyalovchi vosita bo'lib kelgan.

Lekin bugungi to'ylarimizni rejali, kengashli bo'lyapti, deya ayta olmaymiz. To'ylarimiz borgan sari kim o'zarga aylanib bormoqda. 

Kasb-koridan baraka topgan tanishimning to'yiga bordik. Keyingi paytda ishlari yurishib, tadbirkor bo'lganini eshitib, ko'rib, har holda u kishining biznes yo'liga tushib ketganidan quvondim. Bir necha yillar avval “Ota kasbini qadrlagan o'g'il” deb ota kasbi bog'bonligini davom ettirgani haqida maqola ham yozgandim. 

To'yga borib dasturxoniga boqdim. Dasturxonda hatto igna qo'yishga joy yo'q. Shu mahsulotlarning barchasi iste'mol qilinadimi? Afsuski, yo'q, bularning bari uvol emasmi? Bu misqollab yig'ib, millionlab sochish emasmi?!. 
Butun dunyoni larzaga solgan kasallik tarqalgan paytda to'ylarimiz ixchamlashib qolgandi. Ammo yil sayin kim o'zarga o'tkazayotgan to'ylarimiz avvalgilaridan ham ko'payib ketdi. Dinimizga, milliy urf-odatlarimizga mutlaqo to'g'ri kelmaydigan odatlar, millatimizga xos bo'lmagan harakatlar qayta avj olgandek. 

Yaqinda bir tanishimnikiga to'yga bordim. Kuyovning ota-onasi o'zbek, o'qimishli, madaniyatli kishilar. To'yning boshida, hali nikohi o'qilmagan kelin-kuyovning muhabbatini bayon etuvchi videorolik namoyish etildi, har xil holatdagi suratlar va hokazo. To'yning o'rtalariga kelganda esa davra boshining e'loni bilan kelin-kuyov val'sga taklif etildi. Yonimda o'tirgan mehmondan “Kuyovni ota-onasini-ku o'zbekligini yaxshi bilaman, kelin qaysi millatga mansub?” deb so'radim. “Ota-onasi o'zbek, qizi ham o'zbekdir-da” deya hazilomuz javob berildi. Katta bir davrada, butun elning ko'zida o'zbek millatiga mansub yoshlar val's tushishi millatimizga, mentalitetimizga qanchalik mos?! 

– Halqimizda, maslahatli to'y tarqamas, degan ajoyib naql bor, – deydi Sharof Rashidov tumani “Buvijonlar guruhi” rahbari Dilbar opa Saidova. – Buning zamirida juda chuqur ma'no yashiringan. Gap faqat bir kunlik to'y haqida emas, balki qurilayotgan oilaning buzilmasligi, kelin va kuyovning nasli-nasabini, odob-axloqini, yurish-turishini, sihat-salomatligini surishtirib, keyin mahalla-ko'y bilan, qarindosh-urug'lar bilan bamaslahat to'y qilish, toki shu oila mustahkam bo'lsin, degan ma'no mujassam. O'tgan yili, nufuzli bir oila qiz chiqardi. Nahorga 800 erkakka, 500 ayolga osh berdi. Kelinning buvisi avvaldan tanish bo'lganimiz uchun qo'yarda-qo'ymay nabirasini kelin qilib birga olib borishga meni ham ko'ndirdi. Ishonsangiz, 3 ta yuk mashina kelinni sarposi, mebellarini kuyovnikiga olib bordi. Kuyovning uyiga borganimizda o'rta hol oila ekani ma'lum bo'ldi. Dono xalqimizda beli og'rib non topmagan, uning qadriga etmaydi, degan maqol ham bor. Shuncha narsaning qadriga hali o'zini to'la-to'kis eplab olmagan kelin yoki hali bir kasbning boshini tutmagan kuyov etadimi? Ertaga “Shu lash-lushu, ashg'al-tashg'al bilan kelgan kelin, shu qaynonani xizmatini qilarmikan?” degan fikr xayolimdan o'tdi. Oxir- oqibat nima bo'ldi, kelin bir oy ham yashamay uyiga ketdi. Otasi kelib sep deb olib kelgan buyumlarni ignasini qoldirmay uyiga qaytib olib ketdi. Men, ko'p yillar qishloq fuqarolar yig'inini boshqardim. U davrda onda-sonda, u ham bo'lsa, 10-15 yillab yashab, farzand ko'rmagan oilalar ajrashmasa, boshqa ajrim degan gaplar yo'q edi. Birda- yarim gap qochib, kelin-kuyov yoki qaynona-kelin janjallashibdi, deb eshitsak, biz oilalariga borib ulgurmay, opoq-chopoq bo'lib ketishardi. 

Prezidentimiz rahnomoligida oilaviy ajrimlarga chek qo'yish, qizlarni ham yigitlarni ham turmushga tayyorlash, ham o'qitib, ham kasb-hunarli qilib turmush qurishi lozimligi to'g'risida qancha farmon va qarorlar chiqarilmoqda. 2023 yil 21 dekabr' sanasida “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaror imzolandi. Bularning barchasi shu xalq, ayniqsa, yoshlar uchun.

– Ana shu to'y-marosimlar, urf-odatlarimiz deb umr karvonimiz o'tib ketayotganini, nafsimizning quli bo'lib qolayotganimizni nahotki sezmayapmiz? – deydi Forish tumani “Oqila ayollar” harakati a'zosi Noriniso Irisova. – Shu to'ylarni deb ota-onalarimiz 50 yoshga ham kirmay munkayib qolmayaptimikan? O'g'illarimizning or-nomusi yo'qolib, qizlarimizning tili bir qarich bo'lib borayotganiga ham o'zimiz aybdor emasmikanmiz? 

Prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan islohotlarning tub negizida xalq farovonligi, mamlakat tinchligi, oilalar mustahkamligi va barkamol avlodni tarbiyalashdek ezgu maqsadlar yotibdi. 

O'zbek to'ylari haqida ko'p va xo'b yozdik, hali yana ko'plab fikrlar aytilishi, shubhasiz. Yurtboshimiz, hukumatimiz tomonidan to'ylarni ixchamlashtirish, kam xarj qilish, muhimi, oilalarni mustahkamlash, turli ajrimlarning oldini olishdek muhim va dolzarb masalalar qator farmon va qarorlarda o'z aksini topmoqda. 

Hulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, to'ylarimiz ertasida kim o'zar izzattalablik musobaqasi emas, balki farzandlarimizning ahil, tinch-totuv oilasi, muqaddas nikohi mujassam bo'lsin! 

A.Qayumov,
O'zA muxbiri

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda

24.11.2026   9518   3 min.
Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda

#xabar #Quron_musobaqasi

 Bugun, 24 noyabr kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida «Qur’on va qiroat ilmlari» fan oyligi doirasida an’anaviy Qur’oni karim musobaqasining final bosqichi boshlandi.

 Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, rais o‘rinbosarlari Zayniddin domla Eshonqulov va Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov, Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un domla G‘afurov, «Qur’on ilmlari» kafedrasi ustozlari, taniqli qorilar, talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.

 Marosimni ochib bergan Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un domla G‘afurov so‘nggi yillarda Diniy idora tizimida va yurtimizda Qur’on ilmlarini o‘rganish borasida katta yutuqlarga erishilayotgani, xususan, joriy yilda oliy ma’had tarixida ilk bor "Tafsir va Qur’on ilmlari" bo‘yicha magistrlik mutaxassisligi ochilganini ta’kidlab, ishtirokchilarga omad tiladi.

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov yig‘ilganlarni Muftiy hazratlari va idora rahbariyati nomidan muborakbod etdi. U yurtimizda qorilarning son va sifat jihatidan yuksalib borayotgani, buning samarasi Ramazon oyidagi xatmi Qur’onlarda yaqqol namoyon bo‘layotganini qayd etib, mazkur musobaqa mohir qorilarni saralash va yoshlarni yuksak qorilik maqomiga rag‘batlantirishga xizmat qilishini bildirdi.

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov Davlatimiz Rahbari tomonidan Qur’on ahli va hofizi kalomlarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor hamda moddiy-ma’naviy rag‘bat xususida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, bugungi musobaqada to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha jami 12 ta sovrinli o‘rin (1-, 2- va 3-o‘rinlar) sohiblariga Muftiy hazratlari nomidan ham munosib mukofotlar ajratilganini ma’lum qildi.

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov Qur’on musobaqasi ta’lim muassasalaridagi fan oyliklarining gultojisi ekanini ta’kidladi. U kelgusi yildan 10 ta o‘rta maxsus va 4 ta oliy diniy ta’lim muassasasi o‘rtasida Qur’on musobaqalarini keng miqyosda qayta jonlantirish rejalashtirilayotganini aytib, ustozlar oldida xalqaro maydonlarda O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘taradigan mohir qorilarni tayyorlash vazifasi turganiga urg‘u berdi.

 Bu yilgi musobaqaning muhim yangiligi shundaki, tilovat yo‘nalishida ilk bor modul ta’lim tizimida tahsil olayotgan imom va noiblar ham qatnashmoqda. To‘rtta yo‘nalishda (yigitlar va qizlar o‘rtasida hifz hamda tilovat) o‘tkazilayotgan bellashuvda kunduzgi va modul ta’lim talabalarining Qur’oni karimni yoddan o‘qishi, tajvid qoidalariga rioya etishi, oyatlarni tajvidiy tahlil qilishi hamda ovoz va tarannum mahorati baholanmoqda.

 Ishtirokchilarning chiqishlarini «Qur’on ilmlari» kafedrasi mudiri Jahongir qori Ne’matov raisligidagi, tajribali ustozlar hamda misrlik Islom Abdulatiy qoridan iborat hakamlar hay’ati baholab bormoqda.

 Ushbu musobaqa iqtidorli qorilarni kashf etish, yoshlarda Kalomullohga muhabbatni oshirish hamda xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan mohir hofizi Qur’onlarni tayyorlashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda Toshkent islom institutida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda
O'zbekiston yangiliklari