frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Farg‘ona viloyati tuman-shahar bosh imomlari yig‘ilishida dolzarb masalalar muhokama qilindi

18.12.2024   104240   1 min.
Farg‘ona viloyati tuman-shahar bosh imomlari yig‘ilishida dolzarb masalalar muhokama qilindi

Shu yil, 18 dekabr kuni Farg‘ona viloyati vakilligida shahar-tuman bosh imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni viloyat bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev olib bordi. Unda joriy yil davomida soha xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. 

Yig‘ilishda imomlar tomonidan ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilayotgani, imom-xatiblar shariat xodimi sifatida xalqimiz diniy ehtiyojini qondirish va xayriya ishlarini keng ko‘lamda ado etayotganlarini e’tirorf etilishi bilan birga ayrim imom-xatiblar faoliyatida kamchiliklar ko‘zga tashlanayotgani, ular o‘zlarini isloh qilishlari kerakligi alohida qayd etildi. Ular o‘z ustilarida ishlashi, bilim va ko‘nikmalarini orttirishi, tajribali imomlar yosh imomlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashi, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda faol bo‘lishi hamda imomlar jamiyatda namuna bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, Davlat rahbari raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025 yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda muftiy hazratlari tomonlaridan aytilgan fikrlar e’tirof etilib, odamlarga qalbiga xursandchilik kiritish, muhtoj va qiynalganga yordam berish ulkan savob ekanini bildirish barobarida imom-xatiblar bu borada ham faol va namuna bo‘lishlari aytildi.

 

Farg‘ona viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Farg‘ona viloyati tuman-shahar bosh imomlari yig‘ilishida dolzarb masalalar muhokama qilindi Farg‘ona viloyati tuman-shahar bosh imomlari yig‘ilishida dolzarb masalalar muhokama qilindi Farg‘ona viloyati tuman-shahar bosh imomlari yig‘ilishida dolzarb masalalar muhokama qilindi Farg‘ona viloyati tuman-shahar bosh imomlari yig‘ilishida dolzarb masalalar muhokama qilindi Farg‘ona viloyati tuman-shahar bosh imomlari yig‘ilishida dolzarb masalalar muhokama qilindi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Em Insight”: Toshkentdagi xalqaro mediaforum islom sivilizatsiyasining zamonaviy qiyofasini namoyon etdi

28.08.2026   494   1 min.
“Em Insight”: Toshkentdagi xalqaro mediaforum islom sivilizatsiyasining zamonaviy qiyofasini namoyon etdi

Britaniyaning “Em Insight” jurnalida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh, yangi kashfiyotlar” mavzusidagi xalqaro mediaforumga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Nashrda yozilishicha, O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan tashkil etilgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh, yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumi xorijlik OAVda katta qiziqish uyg‘otgan.

Raqamli platformalar, sun’iy intellekt va axborot xurujlari avj olgan hozirgi zamonda ommaviy axborot vositalarining mamlakatlar, madaniyatlar va sivilizatsiyalar haqidagi tasavvurlarni shakllantirishdagi o‘rni tobora ortib bormoqda.

Maqolada ta’kidlanishicha, Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Beruniy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Mirzo Ulug‘bek kabi jahon ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk mutafakkirlar yurti bo‘lmish O‘zbekiston bu kabi global muhokamalar uchun eng maqbul maydondir.

Qatarning “The Peninsula” gazetasi mas’ul muharriri Muhammad Osmon forumning raqamli axborot asridagi ahamiyatiga to‘xtalib, Imom Buxoriyning hadislarni to‘plash va ularning haqqoniyligini tekshirishdagi qat’iy yondashuvini tilga oldi.

U ushbu metodologiyani manbalarni chuqur o‘rganish va verifikatsiya qilishning o‘chmas namunasi deb atadi va bu tamoyillar feyk xabarlar hamda sun’iy intellekt mahsulotlari ko‘paygan hozirgi davrda juda ahamiyatli ekanini bildirdi.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi muharriri O‘tkir Alimov forumning Mustaqillikning 35 yilligi ostonasida o‘tkazilayotganiga e’tibor qaratgan. U 50 mamlakatdan 300 ga yaqin OAV vakillarining Toshkentda jamlangani O‘zbekistonning sivilizatsiyalar chorrahasi sifatidagi o‘rni ortib borayotganidan dalolat berishini ta’kidladi.

Maqolada Toshkentdagi xalqaro mediaforum jurnalistika mas’uliyati, tarixiy tadqiqotlar chuqurligi va zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlarini birlashtirgan holda Islom sivilizatsiyasini yangi, zamonaviy qiyofada dunyoga tanitishga xizmat qilishi bayon etilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari