Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Iyun, 2025   |   25 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:50
Peshin
12:30
Asr
17:40
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
21 Iyun, 2025, 25 Zulhijja, 1446

Qo‘ng‘irot tumani imom-xatiblari bilan tadbir tashkil etildi

19.12.2024   63874   1 min.
Qo‘ng‘irot tumani imom-xatiblari bilan tadbir tashkil etildi

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Bahramatdin domla Razov boshchiligida Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti xodimlari, qozi o‘rinbosari Djolaushiyev, Nukus shahri bosh imomi Nabatov, Shumanay tumani bosh imomi Amedov, Qanliko‘l tumani bosh imomi Naimov va Qo‘ng‘irot tumani hojilaridan iborat guruh tuzilib, Qo‘ng‘irot tumanidagi "Hakim Sulaymon" va "Mulla Is'hoq" masjidlarining faoliyatini o‘rganish, imom-xatiblar bilan tajriba almashish, ularga ko‘rsatmalar berish maqsadida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda masjid joylashgan mahallalarda yashovchi muammoli, ehtiyojmand oilalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olish, ularga moddiy va amaliy yordamlar berish ham belgilangan.

Tadbirdan so‘ng "Hokim Sulaymon" masjidining yangi qurib bitkazilgan tahoratxonasidagi sharoitlar bilan tanishdi va qurilish ishlarida yaqindan yordam bergan quruvchilarga qozi domla Bahramatdin domla qozilik nomidan tashakkur bildirdi.

Ishchi guruh a’zolari tumandagi "San’at, Adabiyot, Navoiy, Qiyot, Temir yo‘l, Qumbuz, Oltin ko‘l" mahallalaridagi jami 13 ta oilaning yashash sharoitlaridan xabardor bo‘ldi, oila a’zolari bilan suhbatlashib, moddiy yordamlar berdi.

Bosh imomlar tumandagi masjidlarda amalga oshirilgan tozalash, obodonlashtirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, masjidlarda ish yuritish hujjatlarining qonun talablariga muvofiqligini ko‘zdan kechirdi, kamchiliklarni to‘ldirish uchun ko‘rsatmalar berdi.

Bahramatdin domla Razov markaziy "Hakim Sulaymon" masjidida, Nukus shahri bosh imomi Nabatov "Mulla Is'hoq" masjidida peshin namozida "Masjid odobi", "Tinchlik va xotirjamlik", "Millatlararo totuvlik" mavzularida ma’ruza qildi.

 

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti Matbuot xizmati

Qo‘ng‘irot tumani imom-xatiblari bilan tadbir tashkil etildi Qo‘ng‘irot tumani imom-xatiblari bilan tadbir tashkil etildi Qo‘ng‘irot tumani imom-xatiblari bilan tadbir tashkil etildi Qo‘ng‘irot tumani imom-xatiblari bilan tadbir tashkil etildi Qo‘ng‘irot tumani imom-xatiblari bilan tadbir tashkil etildi Qo‘ng‘irot tumani imom-xatiblari bilan tadbir tashkil etildi Qo‘ng‘irot tumani imom-xatiblari bilan tadbir tashkil etildi Qo‘ng‘irot tumani imom-xatiblari bilan tadbir tashkil etildi
Boshqa maqolalar

Hijriy yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

20.06.2025   3343   3 min.
Hijriy yangi yilingiz muborak bo‘lsin!
2025 yilning 26 iyun kuni – yangi 1447 hijriy yil – Muharram oyi boshlanishining 1 kunidir. Ashuro kuni 2025 yilning 5 iyul, shanba kuniga to‘g‘ri keladi.

Muharram oyi qanday oy?
Muharram oyi – musulmonlar taqvimining birinchi oyidir. Bu oy Alloh taolo urush, qon to‘kishni harom qilgan (Zulhijja, Zulqa’da, Muharram, Rajab) to‘rt oyning biri bo‘lib, uning o‘ninchi kuni ya’ni, ashuro kuni alohida fazilatlarga ega.


Ashuro qanday kun?
Bu kun haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bu shunday yaxshi kundirki, bu kunda Alloh Bani Isroilni dushmanlaridan qutqargan. Shu bois Muso alayhissalom bu kunda ro‘za tutgan. Men Musoga ko‘proq (yaqin bo‘lishga) haqliroqman”, dedilar va u kunda ro‘za tutib, odamlarni ham uning ro‘zasini tutishga buyurdilar” (Imom Buxoriy rivoyati).


Ashuro kuni ro‘za tutish o‘tgan bir yillik gunohlarga kafforat bo‘ladi.
Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ashuro kunining ro‘zasi – Allohdan umid qilamanki – bir yil oldingi gunohlarga kafforat bo‘ladi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).


Bu kun yaqinlarga kengchilik qilish, bir yillik kengchilikka sabab bo‘ladi.
Abu Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim Ashuro kuni ahli ayoliga kenglik yaratsa, Alloh unga yil bo‘yi kenglik yaratadi”, dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Sufyon ibn Uyayna rahmatullohi alayh: “Bu hadisni oltmish yil tajriba qildim va faqatgina yaxshilik ko‘rdim”, deganlar.


Ashuro kunini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qanday o‘tkazardilar?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu kunni o‘tkazib yubormaslik uchun qattiq harakat qilardilar, uning savobiga erishish uchun bu kunning kelishini intiqlik bilan kutardilar. Bu haqda Ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni Ashuro kuni ro‘zasini Ramazon oyi ro‘zasini kutib sog‘ingandek, boshqa kun va oy ro‘zasini kutganlarini ko‘rmadim” (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).


Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ashuro kuni ro‘zasini tutib, odamlarni ham bu kunning ro‘zasini tutishga buyurganlarida, sahobalar: “Yo, Rasululloh! Bu kun yahudiy va nasroniylar ulug‘laydigan kun-ku!” deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh xohlasa kelasi yil to‘qqizinchi kuni ham tutamiz”, dedilar. Ammo, kelasi yil kelmasidan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etdilar (Imom Muslim rivoyati).

Ulamolarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu niyatlariga e’tiboran, Ashuro kuniga qo‘shib bir kun oldingi yoki bir kun keyingi kunda ham ro‘za tutmoq afzal deydilar.

Alloh taolo ushbu oyning fazilatlaridan barcha mo‘min-musulmonlarni to‘liq bahramand etsin. O‘zining roziligini topadigan amallarda bardavom qilsin.

Davron NURMUHAMMAD