Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Iyun, 2025   |   2 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:51
Peshin
12:31
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
27 Iyun, 2025, 2 Muharram, 1447
Maqolalar

Dajjol Makka va Madinadan boshqa barcha yurtlarga kiradi

03.01.2025   5206   6 min.
Dajjol Makka va Madinadan boshqa barcha yurtlarga kiradi

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَيْسَ مِنْ بَلَدٍ إِلَّا سَيَطَؤُهُ الدَّجَّالُ إِلَّا مَكَّةَ وَالْمَدِينَةَ وَلَيْسَ نَقْبٌ مِنْ أَنْقَابِهَا إِلَّا عَلَيْهِ الْمَلَائِكَةُ صَافِّينَ تَحْرُسُهَا فَيَنْزِلُ بِالسَّبْخَةِ فَتَرْجُفُ الْمَدِينَةُ ثَلَاثَ رَجَفَاتٍ فَيَخْرُجُ إِلَيْهِ مِنْهَا كُلُّ كَافِرٍ وَمُنَافِقٍ.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Dajjol Makka bilan Madinadan boshqa har bir yurtni albatta oyoqosti qiladi. Ikkisining har bir yo‘lini farishtalar saf bo‘lib qo‘riqlaydilar. Shunda u tuzli yerga tushadi. Keyin Madina uch marta titraydi, undan barcha kofir va munofiqlar u (Dajjol) tomonga chiqadi».

Sharh: Dajjol Madinai Munavvarani qo‘riqlab turgan farishtalarni ko‘rib, tuzli yerda to‘xtaydi. Uning kelganini eshitib, Madinadagi barcha kofir va munofiqlar chiqib, uning oldiga borishadi.

عَنْ أَبِي سَعِيدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: حَدَّثَنَا رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَوْمًا حَدِيثًا طَوِيلًا عَنِ الدَّجَّالِ فَكَانَ فِيمَا حَدَّثَنَا قَالَ: يَأْتِي الدَّجَّالُ وَهُوَ مُحَرَّمٌ عَلَيْهِ أَنْ يَدْخُلَ نِقَابَ الْمَدِينَةِ فَيَنْتَهِي إِلَى بَعْضِ السِّبَاخِ الَّتِي تَلِي الْمَدِينَةَ فَيَخْرُجُ إِلَيْهِ يَوْمَئِذٍ رَجُلٌ هُوَ خَيْرُ النَّاسِ أَوْ مِنْ خَيْرِ النَّاسِ فَيَقُولُ لَهُ: أَشْهَدُ أَنَّكَ الدَّجَّالُ الَّذِي حَدَّثَنَا رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حَدِيثَهُ فَيَقُولُ الدَّجَّالُ: أَرَأَيْتُمْ إِنْ قَتَلْتُ هَذَا ثُمَّ أَحْيَيْتُهُ أَتَشُكُّونَ فِي الْأَمْرِ فَيَقُولُونَ: لَا، قَالَ: فَيَقْتُلُهُ ثُمَّ يُحْيِيهِ فَيَقُولُ حِينَ يُحْيِيهِ وَاللهِ مَا كُنْتُ فِيكَ قَطُّ أَشَدَّ بَصِيرَةً مِنِّيَ الْآنَ قَالَ: فَيُرِيدُ الدَّجَّالُ أَنْ يَقْتُلَهُ فَلَا يُسَلَّطُ عَلَيْهِ. رَوَاهُمَا الشَّيْخَانِ.

Abu Sa’id roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Bir kuni Rasululloh alayhissalom bizga Dajjol haqida uzoq gapirdilar. U zot bizga gapirgan narsalar ichida quyidagilar bor edi: «Dajjol keladi. Madinaning yo‘llaridan kirish unga harom qilingan. U Madinaning yaqinidagi tuzli yerlardan biriga yetib, to‘xtaydi. O‘sha kuni uning oldiga odamlarning yaxshisi (yoki odamlarning yaxshilaridan biri) chiqib, «Guvohlik beramanki, sen –
Rasululloh alayhissalom bizga aytib bergan Dajjolsan!» deydi. Shunda Dajjol: «Aytinglar-chi, agar mana buni o‘ldirib, keyin tiriltirsam ham shak qilasizlarmi?» deydi. «Yo‘q!» deyishadi. Shunda u haligi odamni o‘ldirib, keyin tiriltiradi. U bo‘lsa tirilganidan keyin «Allohga qasamki, hech qachon seni hozirgidek yaxshi tanimaganman», deydi. Dajjol uni yana o‘ldirmoqchi bo‘ladi, lekin bunga qodir bo‘la olmaydi».

Ikki shayx rivoyat qilganlar.

Sharh: Shundoq qilib, Dajjol o‘ziga ergashganlar oldida sharmanda bo‘ladi.

وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «يَخْرُجُ الدَّجَّالُ، فَيَتَوَجَّهُ قِبَلَهُ رَجُلٌ مِنْ الْمُؤْمِنِينَ، فَتَلْقَاهُ مَسَالِحُ الدَّجَّالِ، فَيَقُولُونَ لَهُ: أَيْنَ تَعْمِدُ؟ فَيَقُولُ: أَعْمِدُ إِلَى هَذَا الَّذِي خَرَجَ، فَيَقُولُونَ لَهُ: أَوَ تُؤْمِنُ بِرَبِّنَا؟ فَيَقُولُ مَا بِرَبِّنَا خَفَاءٌ فَيَقُولُونَ: اقْتُلُوهُ، فَيَقُولُ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ: أَلَيْسَ قَدْ نَهَاكُمْ رَبُّكُمْ أَنْ تَقْتُلُوا أَحَدًا دُونَهُ؟ قَالَ: فَيَنْطَلِقُونَ إِلَى الدَّجَّالِ، فَإِذَا رَآهُ الْمُؤْمِنُ، قَالَ: يَا أَيُّهَا النَّاسُ هَذَا الدَّجَّالُ الَّذِي ذَكَرَهُ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، قَالَ: فَيَأْمُرُ الدَّجَّالُ بِهِ فَيُشَبَّحُ، فَيَقُولُ: خُذُوهُ وَشُجُّوهُ فَيُوسَعُ ظَهْرُهُ وَبَطْنُهُ ضَرْبًا، فَيَقُولُ: أَوَ مَا تُؤْمِنُ بِي؟ قَالَ: فَيَقُولُ: أَنْتَ الْمَسِيحُ الْكَذَّابُ، قَالَ: فَيُؤْمَرُ بِهِ فَيُؤْشَرُ بِالْمِئْشَارِ مِنْ مَفْرِقِهِ، حَتَّى يُفَرَّقَ بَيْنَ رِجْلَيْهِ، ثُمَّ يَمْشِي الدَّجَّالُ بَيْنَ الْقِطْعَتَيْنِ، ثُمَّ يَقُولُ لَهُ: قُمْ، فَيَسْتَوِي قَائِمًا، ثُمَّ يَقُولُ لَهُ: أَتُؤْمِنُ بِي؟ فَيَقُولُ لَهُ: مَا ازْدَدْتُ فِيكَ إِلَّا بَصِيرَةً، ثُمَّ يَقُولُ: يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّهُ لَا يَفْعَلُ بَعْدِي بِأَحَدٍ مِنْ النَّاسِ، قَالَ: فَيَأْخُذُهُ الدَّجَّالُ لِيَذْبَحَهُ، فَيُجْعَلَ مَا بَيْنَ رَقَبَتِهِ إِلَى تَرْقُوَتِهِ نُحَاسًا، فَلَا يَسْتَطِيعُ إِلَيْهِ سَبِيلًا، قَالَ: فَيَأْخُذُ بِيَدَيْهِ وَرِجْلَيْهِ، فَيَقْذِفُ بِهِ فَيَحْسِبُ النَّاسُ أَنَّمَا قَذَفَهُ إِلَى النَّارِ، وَإِنَّمَا أُلْقِيَ فِي الْجَنَّةِ»، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ r: «هَذَا أَعْظَمُ النَّاسِ شَهَادَةً عِنْدَ رَبِّ الْعَالَمِينَ». رَوَاهُ مُسْلِمٌ.

 

Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Dajjol chiqadi. Mo‘minlardan bir kishi u tomon boradi. Uni Dajjolning silohli odamlari uchratib, «Qayoqqa bormoqchisan?» deyishadi. «Anavi chiqqan odamning oldiga bormoqchiman», deydi. «Robbimizga iymon keltirasanmi?» deyishadi. «Robbimiz(ning sifatlari) maxfiy emas», deydi. «Uni o‘ldiringlar!» deyishadi. So‘ngra ular bir-biriga «Robbimiz mening iznimsiz hech kimni o‘ldirmanglar demaganmidi?» deyishadi. So‘ng Dajjolning oldiga borishadi. Mo‘min uni ko‘rishi bilan, «Ey odamlar! Manavi Rasululloh alayhissalom aytgan Dajjol!» deydi. Shunda Dajjol uni yuz tuban yotqizdirib, «Uni ushlab, uringlar!» deydi. Uning yelkasiga, qorniga kaltak yog‘iladi. Keyin u: «Menga iymon keltirmaysanmi?» deydi. Mo‘min «Sen kazzob Masiyhsan!» deydi. Amr qilinib, uning boshidan arra solib, ikki oyog‘i orasidan ajratib tashlashadi. So‘ngra Dajjol ikki bo‘lakning orasida yurib, unga «Tur!» deydi. U turadi. Keyin Dajjol unga «Endi menga iymon keltirasanmi?» deydi. «Sen haqingdagi bilimim ziyoda bo‘ldi, xolos! Ey odamlar! Bu mendan keyin biror kishiga bunday qila olmaydi!» deydi. So‘ng Dajjol yana uni so‘ymoqchi bo‘ladi, ammo uning bo‘yni bilan kekirdagi misga aylantirib qo‘yilib, uni so‘ya olmaydi. Keyin uning qo‘l-oyog‘idan tutib, uloqtiradi. Odamlar uni do‘zaxga uloqtirdi, deb o‘ylashadi, aslida esa jannatga uloqtirgan bo‘ladi».

Rasululloh alayhissalom: «Bu – olamlarning Robbi nazdida odamlarning eng ulug‘ shahididir», dedilar».

Muslim rivoyat qilganlar.

«Fitnalar va Qiyomat alomatlari» kitobidan

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Kim juma kuni "Duxon" surasini o‘qisa

26.06.2025   2249   1 min.
Kim juma kuni

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kechasi "Ho mim" – "Duxon"ni qiroat qilsa, mag‘firat qilinadi», dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kim juma kechasi "Ho mim" – "Duxon" surasini o‘qisa, yetmish ming farishta tonggacha uning haqqiga istig‘for aytib chiqadi».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kechasi yoki juma kuni "Ho mim" – "Duxon"ni qiroat qilsa, Alloh unga jannatda bir uy bino qiladi», dedilar.