Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Noyabr, 2026   |   13 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:57
Quyosh
07:15
Peshin
12:15
Asr
15:17
Shom
17:01
Xufton
18:17
Bismillah
23 Noyabr, 2026, 13 Jumadul soni, 1448

18.03.2024   1328   1 min.
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston delegatsiyasi Istanbuldagi xalqaro fatvo anjumanida ishtirok etadi

23.11.2026   1584   1 min.
O‘zbekiston delegatsiyasi Istanbuldagi xalqaro fatvo anjumanida ishtirok etadi

Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi tomonidan Istanbul shahrida «Ummat birligi va global muammolar qarshisida fatvo kengashlari» mavzusida Fatvo kengashlarining xalqaro maslahat yig‘ilishi o‘tkaziladi. 2026 yil 23–26 noyabr kunlari mazkur nufuzli anjuman va uning doirasidagi tadbirlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy — Idora huzuridagi Fatvo markazi direktori Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiligidagi delegatsiya qatnashadi.

Xalqaro yig‘inda dunyoning 25 dan ortiq mamlakati — jumladan, BAA, Qatar, AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Indoneziya, Malayziya, Mavritaniya, Bosniya va Gersegovina, Chernogoriya, Xorvatiya, Bolgariya, Irlandiya hamda MDH davlatlaridan tashrif buyurgan davlat va din arboblari, muftiylar, fatvo kengashlari rahbarlari va yetuk islomshunos olimlar ishtirok etadilar.

Anjuman kun tartibidan ummat birligini mustahkamlashda fatvo idoralarining o‘rni, jamoaviy ijtihodni rivojlantirish, axborot asridagi sun’iy intellekt va raqamli dunyo sharoitida fatvo berish mas’uliyati hamda fatvo ishlab chiqishda ijtimoiy voqelikni hisobga olish kabi muhim yo‘nalishlar o‘rin olgan.

Shuningdek, oila institutini asrash, yosh avlod tarbiyasi, zamonaviy aqidaviy va g‘oyaviy tahdidlarga qarshi kurashishga oid dolzarb masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari