Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar:
“Xalilim sollallohu alayhi vasallam menga uch narsani: har oyda uch kun ro‘za tutishni, choshgohdagi ikki rakatni, uxlashdan oldin vitr o‘qishni vasiyat qilganlar”.
Alloh taolo aytadi: «Kim Allohga taqvo qilsa,U Zot uning yo‘lini ochib qo‘yur.Va unga o‘zi o‘ylamagan tarafdan rizq berur.U Zot uning ishida osonlik qilib berur.Uning gunohlarini kechirur va ajrini buyuk qilib berur»(Taloq surasi, 2-5-oyatlar).