Qiyomat qoim bo‘lishining yana bir belgisi – musulmonlarning Quddusni fath etishi sanaladi.
Siyrat va tarix ilmi bo‘yicha mutaxassislar Quddus fathi Umar roziyallohu anhu davrida hijriy 16 yilida yakunlanganini qayd etishgan.
Hazrati Umar roziyallohu anhuning shaxsan o‘zlari Quddusga mahalliy aholi bilan tinchlik shartnomasi tuzish uchun boradilar va u yerda masjid quriladi.
Imom Ahmad Ubayd ibn Adamdan uning Ka’bul Axbor bilan suhbatini keltiradi:
“Umar roziyallohu anhu so‘radilar:
Ka’b aytadi:
Umar roziyallohu anhu dedilar:
Keyin Umar roziyallohu anhu qibla tomonga qarab namoz o‘qidilar, so‘ng ridolaridan changlarni qoqib tashladilar.
Shu o‘rinda Ka’bul Axbor rahmatullohi alayh haqida to‘xtalib o‘tsak. U ahli kitoblarning buyuk olimlaridan bo‘lgan. Abu Bakr roziyallohu anhu davrida Islomni qabul qilgan. Umar roziyallohu anhu davrida Madinaga ko‘chib o‘tgan. So‘ngra Shomda yashadi va Usmon roziyallohu anhu davrida vafot etgan.
Ma’lumki, salibchilar Quddusni 100 yil davomida egallab turdi. Nihoyat bu muborak joyni buyuk jangchi va himoyachi Sulton Salohiddin rahimahulloh fath etgan.
Alloh taolo unga Umar roziyallohu anhuning g‘alabasidek g‘alaba berdi. G‘alaba ko‘lami bo‘yicha unga teng keladigani Konstantinopolni zabt etgan Sulton Muhammad Fotih rahimahulloh edi.
Muhammad Fotih (hijriy 832-886 / milodiy 1432-1481) – 1444 va 1451-1481 yillarda Usmonli sultoni. U fath siyosatini faol olib bordi. Usmonli qo‘shinining 26 ta yurishiga rahbarlik qilgan. Konstantinopolni 1453 yil qo‘lga kiritdi va uni Usmonli xalifaligining poytaxtiga aylantirdi.
Vizantiya mavjudligiga nuqta qo‘ydi, keyin Serbiya (1459), Morea (1460), Trebizond imperiyasi (1461), Bosniya (1463), Evbeyani (1471) fath etdi.
Karaman podshohligi (1471), Qrim xonligi va Albaniyani bo‘ysundirdi (1475), Albaniya (1479). Oqqo‘yunli davlati hukmdori Uzun Hasan bilan muvaffaqiyatli urushlar olib borgan.
Manbalar asosida
Bahriddin XUSHBOQOV
tarjimasi.
حدثنا أبو مسلم نا أبو عاصم عن إسماعيل بن رافع أخبرني رجل من بني تميم قال: قدم سعد فقام إليه عبد الرحمن بن سائب فقال: قال: مرحبا بابن أخي قد بلغني أنك حسن الصوت بالقرآن قال: قلت: نعم بحمد الله قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم يقول: ليس منا من لم يتغن بالقرآن.
Bani Tamim qavmidan bo‘lgan bir kishidan rivoyat qilinadi: “Sa’d keldi. Shunda Abdurahmon ibn Soib unga turib: “Xush kelibsan, jiyan. Eshitishimcha Qur’onni chiroyli ovozda qiroat qilarkansan?” dedi.
U: “Ha, Allohga hamd bo‘lsin! Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallamning: “Qur’onni ohang bilan o‘qimagan bizdan emas”, deganlarini eshitganman”, dedi”.
Izoh: Bu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam bizni Qur’onni o‘qishda ohang, ya’ni ovozni imkon qadar yaxshilashga undaganlar. Chunki go‘zal ovozning qalbga ta’siri kuchli bo‘lib, qiroat qiluvchiga ham, tinglovchiga ham xushu’ (tavozeli) bo‘lishga va mulohaza yuritishga yordam beradi.
Lekin bunda qur’oniy lafzni o‘zgartirib yubormaslik, biron harfni tushirib qoldirmaslik yoki ziyoda qilib qo‘ymaslik shart qilinadi.
Shuningdek, ohangga berilib ketib, tilovat hukmlaridan chetga chiqib ketish ham haromdir.
“Bizdan emas” deganlarida sunnatimizga amal qiluvchi emas, bizning yo‘limizdan yuruvchi emas degan ma’no nazarda tutilgan. Dindan chiqish ma’nosida aytilmagan.
Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi