Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Sentabr, 2025   |   10 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:28
Quyosh
05:50
Peshin
12:28
Asr
17:00
Shom
18:58
Xufton
20:14
Bismillah
02 Sentabr, 2025, 10 Rabi`ul avval, 1447
Maqolalar

Qiyomatning kichik alomatlari: Quddusning fath etilishi (3 qism)

15.01.2025   10680   2 min.
Qiyomatning kichik alomatlari:  Quddusning fath etilishi (3 qism)

Qiyomat qoim bo‘lishining yana bir belgisi – musulmonlarning Quddusni fath etishi sanaladi.


Siyrat va tarix ilmi bo‘yicha mutaxassislar Quddus fathi Umar roziyallohu anhu davrida hijriy 16 yilida yakunlanganini qayd etishgan.


Hazrati Umar roziyallohu anhuning shaxsan o‘zlari Quddusga mahalliy aholi bilan tinchlik shartnomasi tuzish uchun boradilar va u yerda masjid quriladi.


Imom Ahmad Ubayd ibn Adamdan uning Ka’bul Axbor bilan suhbatini keltiradi:


“Umar roziyallohu anhu so‘radilar:

  •  Namozni qayerda o‘qiganim yaxshi, deb o‘ylaysiz?

Ka’b aytadi:

  •  Agar fikrimni qabul qilsangiz, tosh ortida o‘qiganingiz ma’qul. Shunda butun Quddus oldingizda bo‘ladi.

Umar roziyallohu anhu dedilar:

  •  Yo‘q, bu yahudiylarnikiga o‘xshash bo‘lib qoladi. Men namozimni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ado etgan joyda o‘qiyman.

Keyin Umar roziyallohu anhu qibla tomonga qarab namoz o‘qidilar, so‘ng ridolaridan changlarni qoqib tashladilar.


Shu o‘rinda Ka’bul Axbor rahmatullohi alayh haqida to‘xtalib o‘tsak. U ahli kitoblarning buyuk olimlaridan bo‘lgan. Abu Bakr roziyallohu anhu davrida Islomni qabul qilgan. Umar roziyallohu anhu davrida Madinaga ko‘chib o‘tgan. So‘ngra Shomda yashadi va Usmon roziyallohu anhu davrida vafot etgan.  


Ma’lumki, salibchilar Quddusni 100 yil davomida egallab turdi. Nihoyat bu muborak joyni buyuk jangchi va himoyachi Sulton Salohiddin rahimahulloh fath etgan.


Alloh taolo unga Umar roziyallohu anhuning g‘alabasidek g‘alaba berdi. G‘alaba ko‘lami bo‘yicha unga teng keladigani Konstantinopolni zabt etgan Sulton Muhammad Fotih rahimahulloh edi.


Muhammad Fotih (hijriy 832-886 / milodiy 1432-1481) – 1444 va 1451-1481 yillarda Usmonli sultoni. U fath siyosatini faol olib bordi. Usmonli qo‘shinining 26 ta yurishiga rahbarlik qilgan. Konstantinopolni 1453 yil qo‘lga kiritdi va uni Usmonli xalifaligining poytaxtiga aylantirdi.


Vizantiya mavjudligiga nuqta qo‘ydi, keyin Serbiya (1459), Morea (1460), Trebizond imperiyasi (1461), Bosniya (1463), Evbeyani (1471) fath etdi.


Karaman podshohligi (1471), Qrim xonligi va Albaniyani bo‘ysundirdi (1475), Albaniya (1479). Oqqo‘yunli davlati hukmdori Uzun Hasan bilan muvaffaqiyatli urushlar olib borgan.

Manbalar asosida

Bahriddin XUSHBOQOV

tarjimasi.

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Andijonda diniy soha xodimlari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi

27.08.2025   3605   1 min.
Andijonda diniy soha xodimlari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yillik bayrami munosabati bilan tizimdagi diniy soha xodimlari o‘rtasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida joriy yilning 24 avgust kuni “Futbol” musobaqasi o‘tkazildi.
 

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Andijon viloyati bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov so‘zga chiqib, yurtimiz istiqlol ayyomi munosabati bilan o‘tkazilayotgan bellashuvning ahamiyati haqida nutq so‘zladi va ishtirokchilarga omad hamda zafarlar tiladi.


Bellashuv diniy soha xodimlarining aqliy va jismoniy faolligini oshirish, jamoaviy hamfikrlikni qo‘llab-quvvatlash va hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati tavsiyasi asosida tashkil etildi.


Viloyat shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan jamoalar o‘rtasidagi musobaqa qizg‘in bahslarga boy tarzda o‘tdi.


Musobaqa yakunida Andijon shahar jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, g‘oliblar va turli yo‘nalishlarda o‘z mahoratlarini namoyon etgan ishtirokchilar O‘zbekiston musulmonlari idorasi Andijon viloyat vakilligining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Vakillik matbuot xizmati

Andijonda diniy soha xodimlari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi Andijonda diniy soha xodimlari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi Andijonda diniy soha xodimlari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi Andijonda diniy soha xodimlari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi Andijonda diniy soha xodimlari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi Andijonda diniy soha xodimlari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi Andijonda diniy soha xodimlari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi Andijonda diniy soha xodimlari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi Andijonda diniy soha xodimlari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari