Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Oktabr, 2025   |   14 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:07
Quyosh
06:25
Peshin
12:16
Asr
16:12
Shom
18:01
Xufton
19:12
Bismillah
06 Oktabr, 2025, 14 Rabi`us soni, 1447
Videolar

Xalq dardiga malham bo‘lish va masjidlar faoliyati yaxshilanishiga xizmat qilayotgan tadbirlar davom etmoqda

24.01.2025   6444   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

VIDEO
Boshqa maqolalar

Insonlarning joniga qasd qilish – iymonsizlik amali

06.10.2025   912   3 min.
Insonlarning joniga qasd qilish – iymonsizlik amali

Bir jonni nohaq o‘ldirish, ularga ozor berish, insonlarning moli-joniga tajovuz qilish Islom dinida qat’iyan man etiladi.

Shuningdek, bu amallar iymonsizlikning alomati hisoblanadi. Ahli sunna val-jamoa imomi Imom Abu Mansur al-Moturidiy rahimahulloh:

“...kimki biron jonni nohaqdan yoki yer yuzida fasod qilmasa ham o‘ldirsa, huddi hamma odamlarni o‘ldirgan bo‘ladi. Kim uni tiriltirsa, xuddi hamma odamlarni tiriltirgandek bo‘ladi[1]...” (Moida surasi, 32) oyatini – qotillik iymonsizlikning amali hisoblanadi, deb sharhlaydilar.


Imom Moturidiy o‘zining “Ta’vilot ahlis-sunna” asarida quyidagilarni keltirib o‘tadi:

“Alloh tomonidan taqiqlangan jonni o‘ldirishlikni haq deb biluvchilar, go‘yo butun insonlarni o‘ldirishni haq deb biluvchilar kabidir. Chunki ular bir jonni nohaq o‘ldirishlikni haq deb hisoblamoqda va bu butun insoniyatni o‘ldirishni haq deb hisoblash bilan barobardir. Kim Allohning Kalomi Qur’ondagi bir oyatga ishonmas ekan, u barcha oyatlarga ishonmagan hisoblanadi.

Oxiratda bir jonni nohaq o‘ldirganning zimmasiga butun insoniyatni o‘ldirganning gunohi bo‘ladi. Shunday ekan,bu kabi odamlarni nohaq o‘ldiruvchi qotillardan insonlarni hayotini saqlashlik barchamiz uchun muhim vazifa bo‘lmoqligi lozim.

Binobarin, qotilning aybsiz bir insonni nohaq o‘ldirishga yoki bo‘lmasa uning hayotiga tazyiq o‘tkazishga harakat qilishi, ertaga boshqalarga ham huddi shu harakatni amalga oshirishi mumkinligini bildiradi.

Yuqoridagi oyatdan shu ma’lum bo‘ladiki, bu oyat yer yuzida axloqsizlik urug‘ini sepuvchi (fasod ishlar bilan shug‘ullanuvchi) musulmon bo‘lmagan va musulmonlar uchun nozil qilingan”[2].


Abu Hafs Hanbaliy o‘zining “Al-Lubab fi ulum al-Kitab” asarida “xuddi hamma odamlarni o‘ldirgan bo‘ladi” oyatini bir jonni o‘ldirishlik, butun insoniyatni o‘ldirgan bilan barobardir, deb sharhlaydilar va ushbu fikrni quvvatlovchi quyidagi imomlarning fikrlarini keltirib o‘tadilar.

Mujohid dedi: “Agar kimdir bir jonni nohaq o‘ldirsa, u bu qotilligi sababidan do‘zaxga tushadi. Shuningdek, u butun insoniyatni o‘ldirganda ham shu azobga giriftor bo‘lardi”.

Qatoda dedi: “Alloh taolo bir jonni saqlaganga ulug‘ ajr, mukofot va bir jonni nohaq qatl etganga og‘ir azob tayyorlab qo‘ygan. Kim bir musulmonni o‘ldirishni haq deb bilib, o‘ldirsa butun bashariyatni o‘ldirgandek bo‘ladi”.


“The Fatwa on Terrorism and Suicide Bombings” kitobidan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi


[1] Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Qur’oni karim va o‘zbek tilidagi ma’nolari tarjimasi. – T.: «Hilol-Nashr» 2015. 590 – b.
[2] Abu Mansur al-Moturidiy, Tavilot ahlis-sunna, 3:501