O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Bayrog‘imiz — mustaqil davlatchiligimizning yorqin timsoli, xalqimizning orzu-umidlari va g‘ururidir. U har bir yurtdoshimizda faxr-iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi.
Unda milliy-tarixiy an’analarimiz, boy madaniyatimiz hamda poklik, donishmandlik, mardlik, shon-sharaf va sadoqat kabi xalqimizga xos ezgu fazilatlar o‘z ifodasini topgan.
Jonajon O‘zbekistonimiz qaddi doim baland bo‘lsin! Bayrog‘imiz hamisha yuksak cho‘qqilarda hilpirasin!