Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Oktabr, 2026   |   11 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:24
Quyosh
06:42
Peshin
12:13
Asr
15:50
Shom
17:35
Xufton
18:48
Bismillah
22 Oktabr, 2026, 11 Jumadul avval, 1448

Qaysi inson...?

30.01.2025   6344   2 min.
Qaysi inson...?

- Qaysi inson eng kuchli?
Javob berdi: - O‘z nafsini jilovlay oladigan kishi.
- Qaysi inson eng zaif?
Javob berdi: - Ovozi baland yangraydigan kishi.
- Qaysi inson daho?
Javob berdi: - U haqida ikki kishi ixtilof qiladigan odam.
- Qaysi inson eng oddiy?
Javob berdi: - U haqida ikki kishi ittifoq bo‘ladigan odam.
- Qaysi inson eng oqil?
Javob berdi: - His-tuyg‘ularga moyil bo‘ladigan odam.
- Qaysi inson devona?
Javob: berdi: - O‘zini oqil deb da’vo qiladigan odam.
- Qaysi inson axmoq?
Javob berdi: - O‘zini hamma insonlardan zakovatli deb hisoblaydigan odam.
- Qaysi inson sergap?
Javob berdi: - Bema’ni gapiradigan odam.
- Qaysi inson fasohatli?
Javob berdi: - So‘zlarini ixcham va mazmunli qilib gapiradigan odam.
- Qaysi inson olim?
Javob berdi: - Ma’rifat tarqatadigan odam.
- Qaysi inson johil?
Javob berdi: - Bilimsiz holda ma’rifatni da’vo qiladigan odam.
- Qaysi inson saxiy?
Javob berdi: - Hech qanday minnat va isrofsiz saxovat qiladigan odam.
- Qaysi inson baxil?
Javob berdi: - Boshqalarning hisobiga yashaydigan odam.
- Qaysi inson yozuvchi?
Javob berdi: - Qalbi bilan yozadigan odam.
- Qaysi inson rostgo‘y?
Javob berdi: - Avvalo, o‘ziga nisbatan rostgo‘y bo‘lgan odam.
- Qaysi inson yolg‘onchi?
Javob berdi: - Shayton o‘zi bilan o‘zini aldab qo‘ygan odam.
- Qaysi inson nuqsonli?
Javob berdi: - Har qanday inson.
- Qaysi inson komil?
Javob berdi: - Komil zot faqatgina yakka va yagona Alloh taoloning O‘zi!

Homidjon qori ISHMATBЕKOV

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

130 nafar bolajonga kuzgi kiyim-kechaklar hadya etildi

22.10.2026   135   1 min.
130 nafar bolajonga kuzgi kiyim-kechaklar hadya etildi

21 oktyabr kuni «Vaqf» xayriya jamoat fondi Buxoro filiali homiylar ko‘magida Buxoro shahridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi 3-son ko‘p tarmoqli maktab-internatida tarbiyalanayotgan bolajonlarga xayriya yordami ko‘rsatdi.

Tadbir davomida 130 nafar, nutq va eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolajonlarga jami 14 million so‘mlik kuzgi kiyim-kechaklar ehson qilindi.

Ushbu xayrli tashabbus bolajonlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqimizga xos mehr-oqibat va saxovat an’analarini davom ettirishga qaratilgan.

Barcha xayrli ishlarga Alloh taolo baraka ato etsin!

O‘MI Buxoro viloyati vakilligi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari