TAOMLANISH SIRLARI (7 qismdan iborat)
ni
ULUG‘ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:
(1-qism)
KALOMULLOHNING OYATI KARIMALARIDA
XUDOIM TAOLO MARHAMAT QILADI:
JANOBI PAYG‘AMBARIMIZ
RASULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VASALLAM
MЕHR-MURUVVAT TARIQASIDA MARHAMAT QILADILAR:
Hazildan bo‘lsa ham, yolg‘onni tark etgan kishiga Jannat o‘rtasidagi bir uyga kafilman!
Go‘zal xulqli kishiga Jannatning eng yuqorisidagi bir uyga kafilman!” (Imom Abu Dovud rivoyatlari);
1 – qism tugadi. Davomi bor...).
Ibrohimjon domla Inomov
Madina shahri Islom tarixida bir nechta nomlar bilan atalgan. Ulardan eng mashhurlaridan biri “Toyyiba”dir.
Islomdan oldin shahar Yasrib deb atalgan. Bu nom “ayblash” va “yomonlash” kabi ma’nolarni anglatadi.
Muhammad sollallohu alayhi vasallam shaharga hijrat qilganlarida, unga yangi nom berdilar. U zot alayhissalom shaharni “go‘zal” va “poklangan” ma’nosini anglatuvchi “Toyyiba” deb atadilar.
Shuningdek, Toyyibaga yaqin bo‘lgan va o‘xshash ma’noni anglatuvchi “Toba” nomi ham ushbu shahar uchun ishlatilgan.
Madinada topilgan VIII asrga oid qoyatosh yozuvida shahar Toyyiba nomi bilan atalgan. Bu esa ushbu nom Islomning ilk asrlaridanoq qo‘llanib kelinganini ko‘rsatadi.
Toyyiba bilan bir qatorda, shahar muayyan tarixiy jihatlarini aks ettiruvchi yana bir necha nomlar bilan ham tanilgan:
| Nomi | Ma’nosi |
| Madina | Shahar |
| Madinatu Nabiy | Payg‘ambar shahri |
| Madinai Munavvara | Munavvar shahar |
| Dorul Hijra | Hijrat diyori |
Po‘latxon Kattayev,
Toshkent islom instituti katta o‘qituvchisi