Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448

Rizq Allohdan

30.01.2025   24896   1 min.
Rizq Allohdan

Bir ayol radiodagi jonli efirga qo‘ng‘iroq qilib, Alloh unga yordam berishini aytib murojaat qildi. Bu eshittirishni eshitib turgan bir mansabdor ayol bilan hazillashmoqchi bo‘ldi. 
Radioga telefon qilib ayolning manzilini oldi. Yordamchisini chaqirib: “Hozir bozorlik qilib men bergan manzilga olib borasan. U yerda bir ayol chiqadi. Unga olgan narsalaringni berasan. Ayol kim berganini so‘rasa shayton berib yubordi deb aytasan” dedi. Yordamchi o‘sha manzilga u bu xarid qilib keldi. Ayol kishi olib kelingan narsalarni mamnuniyat bilan olib qoldi. Yordamchi hayron bo‘lib “Bu narsalarni kim bergani seni qiziqtirmaydimi?” deb so‘radi. Shunda ayol: “menga kim bergani bilan ishim yo‘q. Bir narsani yaxshi bilaman, Alloh buyursa shayton ham bo‘ysunadi” deya javob qildi.

Akbarshoh Rasulov tarjimasi

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

13.09.2026   962   1 min.
Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

Joriy yilning 13–16 sentyabr kunlari Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining navbatdagi VII yig‘ilishi hamda uning doirasidagi bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Yig‘inlarda turkiy dunyoning yetakchi din peshvolari – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Allohshukur Poshshozoda, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi Safi Arpagush, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘anuli, Qirg‘iziston musulmonlari diniy nazorati raisi, muftiy Abdulaziz qori Zakirov, Turkmaniston muftiyci Rahmon Qurbonmurodov kabilar boshchiligidagi turkiy davlatlar ulamolaridan iborat delegatsiyalar ishtirok etadi.  

Mamlakatimiz delegatsiyasi safidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi, Fatvo markazi, hududiy vakilliklar hamda oliy diniy ta’lim muassasalaridan vakillar joy olgan.

Tadbirlar doirasida ulamolar musulmon ummati uchun muhim bo‘lgan shar’iy masalalar, zamonaviy fatvolar va mushtarak tashabbuslarni muhokama qilib, yakuniy hujjatlarni imzolaydilar. Shuningdek, ilmiy-amaliy anjuman, ikki tomonlama muzokaralar hamda tabarruk qadamjolar ziyorati ham rejalashtirilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari