Bir ayol radiodagi jonli efirga qo‘ng‘iroq qilib, Alloh unga yordam berishini aytib murojaat qildi. Bu eshittirishni eshitib turgan bir mansabdor ayol bilan hazillashmoqchi bo‘ldi.
Radioga telefon qilib ayolning manzilini oldi. Yordamchisini chaqirib: “Hozir bozorlik qilib men bergan manzilga olib borasan. U yerda bir ayol chiqadi. Unga olgan narsalaringni berasan. Ayol kim berganini so‘rasa shayton berib yubordi deb aytasan” dedi. Yordamchi o‘sha manzilga u bu xarid qilib keldi. Ayol kishi olib kelingan narsalarni mamnuniyat bilan olib qoldi. Yordamchi hayron bo‘lib “Bu narsalarni kim bergani seni qiziqtirmaydimi?” deb so‘radi. Shunda ayol: “menga kim bergani bilan ishim yo‘q. Bir narsani yaxshi bilaman, Alloh buyursa shayton ham bo‘ysunadi” deya javob qildi.
Akbarshoh Rasulov tarjimasi
Bismillahir Rohmanir Rohiym
"Haj ma’lum oylardir. Kimki ularda o‘ziga hajni farz qilsa, hajda shahvoniy narsalar, fisq va janjal yo‘qdir. Nima yaxshilik qilsangiz, Alloh uni biladir. Ozuqa oling, eng yaxshi ozuqa taqvodir. Menga taqvo qiling, ey, aql egalari!" (Baqara surasi, 197-oyat).