Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Avgust, 2025   |   1 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:17
Quyosh
05:41
Peshin
12:30
Asr
17:11
Shom
19:13
Xufton
20:31
Bismillah
24 Avgust, 2025, 1 Rabi`ul avval, 1447
Yangiliklar

Aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuv samimiy va savol-javoblarga boy bo‘ldi

30.01.2025   14502   2 min.
Aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuv samimiy va savol-javoblarga boy bo‘ldi

Ilmsiz taraqqiyot bo‘lmaydi – jaholat saodatmand etmaydi. Davlatimiz rahbari  Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Jaholatga qarshi – ma’rifat”ni qurol qilgan ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan boy ma’naviy meros o‘ziga xos najot qal’asi, himoya qo‘rg‘oni vazifasini o‘taydi. Shu bois ushbu ulug‘vor qadriyat barcha olimu fuzalolar tomonidan ulug‘langan, muqaddas va mo‘tabar kitoblarda yuksak ne’mat sifatida e’tirof etilgan.

Bugun, 30 yanvar kuni Farg‘ona shahridagi "Labihovuz" majmuasida aholi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ham ana shunday ezgu maqsadlar an’anasi davom ettirildi. Unda Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev qatnashib, xalq bilan samimiy muloqot o‘tkazildi.

Muloqotda so‘nggi yillarda barcha sohalar qatori diniy-ma’rifiy jabhada ham juda katta o‘zgarishlar amalga oshirilayotgani, ko‘plab masjidlar havas qiladigan darajada obod bo‘layotgani, Qur’oni karim kurslarida bir necha minglab mo‘min-musulmonlar Qur’oni karimni mutolaa qilishni o‘rganayotgani, haj-umra safariga borgan kishilar soni sezilarli darajada ortgani kabilarni aytish barobarida oyat va hadislar asosida mana shunday ne’matlarga shukr qilish zarurligi ta’kidlandi.

Qur’oni karim va hadisi shariflarda ilm va hunarga targ‘ib qiluvchi ko‘rsatmalarni misol sifatida keltirib, har bir ota-ona farzandiga elu yurt uchun kerakli bo‘ladigan hunar va foydali ilmlarni ham o‘rgatishi lozimligi tushuntirildi. Shuningdek, yosh avlod ongiga ona yurtga muhabbat, tinch-osoyishta hayotimizni qadriga yetish hamda shukronalik tuyg‘ularini singdirish kabilarga urg‘u qaratildi.

Shuningdek, riyo-xo‘jako‘rsinlik illatlari, ilmsiz fatvo berish, shar’iy masala aytish, jamoada tafriqa, bo‘linishlardan saqlanish, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishini oldini olish, zamonaviy texnologiya va axborot vositalaridan ilm va yaxshilik yo‘lida foydalanish hamda bid’at-xurofotlarni tark etish kabilarga ham alohida to‘xtalindi.

Ishtirokchilarning murojaat-takliflari eshitildi, oilaviy, ijtimoiy va ibodatga oid savollariga batafsil javob berildi. Bir so‘z bilan aytganda uchrashuv samimiy va yuqori kayfiyatda o‘tdi.

Farg‘ona viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuv samimiy va savol-javoblarga boy bo‘ldi Aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuv samimiy va savol-javoblarga boy bo‘ldi Aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuv samimiy va savol-javoblarga boy bo‘ldi Aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuv samimiy va savol-javoblarga boy bo‘ldi Aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuv samimiy va savol-javoblarga boy bo‘ldi Aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuv samimiy va savol-javoblarga boy bo‘ldi Aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuv samimiy va savol-javoblarga boy bo‘ldi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Toshkent islom instituti magistratura imtihonlari 21–22 avgustda bo‘lib o‘tadi

21.08.2025   8450   1 min.
Toshkent islom instituti magistratura imtihonlari 21–22 avgustda bo‘lib o‘tadi

#Qabul_2025 #Magistratura

 Shu yil 21 avgust kuni Toshkent islom instituti magistratura bosqichiga hujjat topshirgan talabgorlar o‘zlari tanlagan yo‘nalish bo‘yicha quyidagi fanlardan ijodiy imtihon topshiradi: 


Teologiya (Islom ilohiyoti, falsafasi va moturidiylik ta’limoti) mutaxassisligi bo‘yicha Aqoid va islom falsafasi fanlari; 

Teologiya (Hadis ilmlari) mutaxassisligi bo‘yicha Hadis va Mustalahul-hadis fanlari. 


2025 yil 22 avgust kuni chet tilidan test sinovi o‘tkaziladi. Test imtihoniga ruxsatnoma bilan kiriladi. Talabgorlar mazkur hujjatni @muslimqabulbot telegram botidan olishlari mumkin.


Imtihonlar ushbu kunlarda soat 8:00 da Toshkent shahridagi "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi binosida boshlanadi. Yarim soat oldin talabgorlar ro‘yxatga olinadi. 


Imtihon manzili: Toshkent shahri, Fayzibaland ko‘chasi, 1-uy. (https://maps.app.goo.gl/8ggftBWRhyG37Aps8)


Qabul jarayoniga oid yangiliklarni kuzatib boring: https://t.me/qabulmuslimuz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati