Sayt test holatida ishlamoqda!
10 May, 2025   |   12 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:37
Quyosh
05:10
Peshin
12:24
Asr
17:22
Shom
19:33
Xufton
21:00
Bismillah
10 May, 2025, 12 Zulqa`da, 1446
Maqolalar

Namozimda maza va lazzat tugab qolgandek

04.02.2025   6194   1 min.
Namozimda maza va lazzat tugab qolgandek

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Xayol va vasvasalarni muolaja qilaman desangiz, ularga e’tibor qaratmang. E’tibor qilmasangiz, insha Alloh, bu xayollar o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketadi. Balki ishingizga diqqat qiling, namozga tursangiz, butun diqqatingizni namozga qarating.

Hakimul ummat, Mavlono Ashraf Ali Tahonaviy quddisa sirruhu bir mav’izalarida shu nozik nuqtani ochib berganlar: «Namoz – talab qilingan va buyurilgan amal. Agar namozdaligingizda beixtiyor boshqa xayollar kelayotgan bo‘lsa, u sababli namozingizning qadrini pasaytirmang. Namozxonlar ko‘pincha bunday savol beradi: «biz namoz o‘qiymiz, lekin maza va lazzat topmaymiz» yoki «oldin juda maza qilib namoz o‘qir edim, endi o‘sha maza va lazzat tugab qolgandek».

Bu gaplarning javobi shuki, ey birodar, namoz sizga faqat maza va lazzat berishi uchun farz qilinmagan. Balki bu amal Alloh taologa ibodatdir, bandalik-qullikning bir ko‘rinishidir. Mabodo, namozda maza va lazzat kelsa, u holda bu holat Alloh taoloning bir ne’matidir. Agar namozda maza va lazzat kelmasa, uning sababidan namozga zarracha nuqson yetmaydi. Agar siz namozning arkonlari va shartlari hamda odoblarini to‘la-to‘kis ado etayotgan va sunnatga muvofiq bajarayotgan bo‘lsangiz, u holda agar butun umr maza va lazzat kelmasa ham, bunda sizning aybingiz yo‘q. Ibodat chog‘i maza va lazzat kelsa ham, kelmasa ham namoz o‘qishingiz kerak».

«Nasihatlar guldastasi» kitobidan

Maqolalar
Boshqa maqolalar

"Huquqiy savodxonlik oyligi" doirasidagi tadbirlar

08.05.2025   4376   1 min.

Joriy yilning 6 may kuni Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida navbatdagi ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari D.Maxsudov tomonidan muassasa o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalariga "Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’milash va diniy sohadagi davlat siyosati Konsepsiyasi"ning mazmun-mohiyatini ifoda etuvchi maxsus kurs mashg‘uloti o‘tib berildi.

Tadbir davomida Konsepsiyada mustahkamlangan vijdon erkinligi tamoyillari, diniy e’tiqod erkinligini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik asoslari va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalari keng yoritildi. Diniy-ma’rifiy sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Manba: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati