Prezidentimiz 2018 yilning Ramazon hayiti kuni Islom sivilizatsiyasi markazi poydevoriga tamal toshi qo‘ygan edi. Hozirda ushbu muhtasham majmua to‘liq qad rostlab, qurilish yakuniy bosqichga kirdi.
Shu munosabat bilan markazda OAV vakillari hamda blogerlar uchun media-tur tashkil etilib, ularga ushbu megaloyiha hamda majmuadagi ekspozitsiyalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
U kishi aytadilar: Bir kampir Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldi. U zot mening huzurimda edilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: — «Siz kimsiz?» — dedilar. U: — «Men Jusama al-Muzaniyyaman», — dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: — «Yo‘q, siz — Hasona al-Muzaniyyasiz! O‘zingiz qandaysiz? Ahvollaringiz qanday? Biz ketgandan keyin qanday yashayapsizlar?» — dedilar. U: — «Yaxshimiz, otam va onam sizga fido bo‘lsin, ey Rasululloh sollallohu alayhi vasallam», — dedi.
Kampir chiqib ketgach, men dedim: — «Yo Rasululloh, shu kampirga bunchalik iliq munosabat ko‘rsatmasangiz?» Shunda u zot: — «U Xadicha zamonida uyimizga kelib turar edi. Eski tanishlar bilan chiroyli muomala qilish iymondandir», dedilar.
Homidjon qori ISHMATBЕKOV