Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Oktabr, 2026   |   15 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:28
Quyosh
06:47
Peshin
12:12
Asr
15:44
Shom
17:29
Xufton
18:43
Bismillah
26 Oktabr, 2026, 15 Jumadul avval, 1448

Xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda

04.02.2025   12573   1 min.
Xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda

Shu yil 3 fevral kuni Malayziya islomni anglash instituti tasarrufidagi IKIT-TV telekanalida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan tub islohotlar, buyuk mutafakkir allomalarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish yuzasidan olib borilayotgan ishlar va Yangi O‘zbekistonda tashkil qilingan xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari faoliyati hamda yutuqlari haqida hikoya qilinuvchi hujjatli film namoyish etiladi. 

Ushbu munosabat bilan Malayziya islomni anglash instituti raisi Muhammad Nur Manuti Imom Termiziy, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaz rahbarlaridan iborat delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuvda seminar va konferensiyalar tashkil etish,  hamda hamkorlikda allomalarning ilmiy merosi va qo‘lyozmalarni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish kabi  o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishildi.

Imom Termiziy
xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
matbuot xizmati

Xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda Xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda Xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda Xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda Xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda Xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston Prezidenti Qatar Amiri bilan uchrashuv o‘tkazdi

26.10.2026   11656   1 min.
O‘zbekiston Prezidenti Qatar Amiri bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 oktyabr kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi oliy darajadagi faol muloqotlar va tizimli ishlar natijasida aloqalar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.

Bu kabi yaqin munosabatlar ikki tomonlama do‘stlik hamda hamkorlikni yanada mustahkamlashi alohida e’tirof etildi.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi ko‘rib chiqildi. Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy va gumanitar sohalardagi loyihalarni yanada kengaytirishga ahdlashib olindi.

Yetakchilar global va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

O'zbekiston yangiliklari