“Dunyo” so‘zi lug‘atda “boylik”, “davlat” degan ma’nolarni anglatadi. Biz dunyoga kelganimizdan to voyaga yetgunimizcha uning go‘zalligini ko‘ramiz katta bo‘lgan sari dunyoning tashvishlarga, adolatsizlikariga, g‘am-tashvishlariga guvoh bo‘lamiz va asta-sekin bunga ko‘nikamiz. Yaqinlarimiz va do‘stlarimiz bilan muloqot qilamiz, o‘z yumushlarimiz bilan band bo‘lamiz, oila-a’zolarimiz bilan shodu-hurramlikda vaqt o‘tkazamiz.
Kundalik rejalar va maqsadlar bilan kunimiz qanday o‘tkanini ham sezmay qolamiz. Dunyoga, uning ziynatlariga shunchalik berilb ketganimizdan bir-birimizning o‘rtmizdagi mehr-oqibatni, ota-onaga yaxshilik qilishni, qarindoshlik rishtalarini unutganmiz, hatto, namozimizdagi hushuni ham yoqotib qo‘yganmiz.
Bunga sabab nima? Alloh taolo huzurida har bir soniyamiz uchun javob berishimizni o‘ylamaymizmi? Bu dunyoni Alloh taolo nima uchun go‘zal va undagi narsalarni ziynatli qilib yaratdi? Bunga Alloh taoloning O‘zi “Kahf” surasining 7 oyatida bunday marhamat qiladi: “Biz yer yuzidagi narsalarni, ularning qaysilari go‘zalroq amal qilishini sinash uchun, zebu ziynat qilib qo‘yganmiz”.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: “Dunyo osmon bilan Yer o‘rtasida qamalgan bo‘lib, Alloh taolo yaratgandan beri unga qaramaydi. Dunyo qiyomat kuni kelganda: “Yo Robbim, bugun meni eng past maqomdagi do‘stlaringga bo‘lsa ham nasiba qilib bergin”, deb iltijo qiladi. Alloh taolo unga: “Ey haqir va tuban narsa, jim bo‘l, men seni ularga dunyoda ravo ko‘rmagan bo‘lsam, qanday qilib endi ravo ko‘rayin?” deydi. Mana, ko‘rinib turibdiki, “dunyo”ni va undagi zeb-ziynatlarni sinov uchun, qay birimiz bu sinovdan o‘tolsak,uning go‘zalligiga aldanmasak, Alloh taoloning O‘zi go‘zal ajru-mukofot bilan mukofotlaydi.
Dunyoni yaxshi ko‘rish uzun orzu-havaslar qilish bilan yanada mustahkamlanadi. Agar Xoliq Zot dunyo haqida xabar berib, misolini keltirmaganda, albatta, dunyo uxlaganni uyg‘otib, g‘ofilni hushyor qilardi.Alloh taolo nazdida dunyoning misqolcha qadri yo‘q. Pashsha qanoticha kamaytirilmay dunyo xazinalari kalitlari bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ko‘rstatilganda, uni olishdan bosh tortdilar.
Alloh taolo sinov-imtihon uchun solih bandalaridan dunyoni pinhon tutdi, aldash uchun dushmanlariga dunyoni keng va bemalol qilib qo‘ydi.
A’lo ibn Ziyod: “Tushimda dunyoni o‘ziga oro berib, aft-basharasi burishgan kampir qiyofasida ko‘rdim. Odamlar unga topinib, har tomondan hayratlanib qarardi. Kampir oldiga borib, unga bunchalik ajablanib qarayotganlaridan hayron bo‘ldim. Shunda kampirga: “Sen kimsan?”, dedim. U: “Meni tanimayapsanmi?”, dedi. Men: “Yo‘q”, dedim. “Sen kimsan?”, deb so‘radim. “Men dunyoman”, dedi. “Allohdan sening yomonligingdan panoh so‘rayman”, dedim. U: “Agar yomonligimdan panoh topishni istasang, dirhamni yomon ko‘r!”, dedi.
Iso alayhissalom: “Dunyo-ko‘prik, unda mashg‘ul bo‘lmasdan o‘tinglar”, dedilar. Haqiqatan, bu dunyo hayoti oxiratga olib borishga ochiq va yorqin misoldir. Beshik shu ko‘prik boshidagi dastlabki masofa bo‘lsa, lahad-oxirgi masofadir. Shu ikkovi orasida qisqa bir masofa mavjud. Odamlardan qanchasi shu ko‘prikning yarmiga yetib borsa, qanchasi uchdan birini va qanchasi uchdan birining birini bosib o‘tadilar. Qanchasiga bir qadamdan ortiq yurish nasib qilmadi. Har qanaqasiga ko‘prikdan o‘tilishi shart. Ammo shu ko‘prikdan o‘tib olish haqida o‘ylamay, uning ustida imorat qurib, turli ziynatlarga chalg‘ib yashash g‘oyat johillik va yutqizishdir.
Ali karramallohu vajhahu bunday dedilar: “Bilinglarki, sizlar o‘liksizlar, o‘lgandan so‘ng tirilasizlar. Amallaringiz oldida turg‘izilib, u tufayli jazo(mukofot)lanasizlar. Sizlarni dunyo hayoti aldab qo‘ymasin. Albatta, u balo-ofatlar bilan o‘rab qo‘yilgan, foniyligi bilan tanilgan va aldamchilgi bilan vasf qilingan. Dunyodagi har bir narsani zavol tutadi. Dunyo o‘z ahli o‘rtasida goh buyoq, goh buyoqqa aylanadi. Dunyo hech qachon bir xil turgan emas, uning yomonligidan nizo, kurash to‘xtagan emas. Dunyo ahli surur va lazzatdan sarhush bo‘lib turganida, to‘satdan balo va aldovga yo‘liqadi”.
Har bir narsaning o‘rtasi, ya’ni me’yori yaxshidir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlarning eng yaxshilaringiz, dunyoni deb oxiratni, oxiratni deb dunyoni tashlab qo‘ymaganingizdir”, deganlaridan ko‘rinib turibdiki, bu dunyoda Alloh taolo berayotgan ne’matlarga shukr qilib, oxiratimiz uchun ajru-savoblar olish, yaxshiliklar qilib olish uchun bu dunyo ayni muddaodir.
Barchamizga ma’lumki, dunyo rohati abadiy emas, u ajal sari yetaklaydi. Allohning huzuridagi narsa esa boqiydir. Bizni bu dunyo tashvishlari, to‘playotgan molimiz, farzandlarimiz Allohning zikridan, ibodatidan jalg‘itib qo‘ymasligi zarur. Bu haqda Alloh taolo “Munofiqun” surasi, 9-oyatida: “Ey iymon keltirganlar. Mollaringiz va bolalaringiz sizni Allohning zikridan chalg‘itmasin. Kim shunday qilsa, bas, ana o‘shalar yutqazuvchilardir”.
Bu hayotda ozgina bahramand bo‘lib, yo‘qlik olamiga ko‘chib o‘tishda besh kunlik dunyoda o‘ynab-kulib ajalni kutib olib, oxiratiga hech qanday zahira tayyorlamasdan o‘zlariga yerni makon tutgan insonlar qancha? Ularga endi ortga yo‘l yo‘qdir. Bunga dalil esa Muminun surasi, 100-oyatida: “Shoyadki tark qilgan narsamda solih amal qilsam, der. Yo‘q! Albatta, bu (quruq) so‘z bo‘lib, u aytguvchi, xolos. Ularning ortida qayta tiriladigan kunlarigacha to‘siq bordir”.
Agar amallarimiz guvohlik bersa, qalbimizdagi narsalar chiqarilsa, dillardagi barcha sir-asrorlar oshkor qilinsa, Malik va Jabbor bo‘lgan Zot huzuriga olib borishimiz uchun turg‘izilsa, qalblar oldingi gunohlariga rahm-shavqat so‘rab, qo‘rqib titrasa, pardalar ko‘tarilib, ayb va sirlarimiz ochilsa, ana shu vaqtda har bir jon o‘zi qilib o‘tgan amaliga yarasha jazo oladi.
Alloh taolo “Najm” surasi, 31-oyatida: “Osmonlaru yerdagi barcha narsalar Allohnikidir. U yomonlik qilganlarni amaliga yarasha jazolar va yaxshilik qilganlarni go‘zal (mukofot) ila mukofotlar” deb marhamat qilgan.
Agar bizga har bir kun shaylangan amallar oshkor qilinsa, oldinda kelayotgan kunimizdan yuz burib qochardik, boy bergan vaqtimizni o‘ylab, g‘am-qayg‘uga botardik. Lekin Alloh taolo ajoyib tadbir qo‘llab, ularni ko‘rishdan mahrum qildi. Tasalli va taskin bo‘lishi uchun dunyoning balo-ofatlari qatiga lazzat va zavqni joylab, ana shu ta’mga mashg‘ul-ovora qilib qo‘ydi. Dunyoni va oxiratni hech qachon bir-biriga tenglashtirib bo‘lmaydi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: “Dunyoning oxiratga nisbati birontangiz barmog‘ini dengizga tekkizishiga o‘xshaydi. Bundan o‘ziga nima qaytib kelishiga qarsin”, dedilar.
Ali karramallohu vajhahu aytadilar: “Sizlarga Allohdan qo‘rqishni, garchand also hohlamasangiz ham, dunyo merosini tark etishni vasiyat qilaman. Tanangiz qarib-qartayib borayotir, sizlar tetik va baquvvat bo‘lishni hohlaysizlar. Sizlar va dunyo misoli bir yo‘lda safarga chiqqan qavmga o‘xshaydi. Go‘yo ular shu yo‘lni bosib o‘tadigandek, safarga chiqadilar, go‘yoki, yetib boradigandek, yo‘l belgisiga qarab yuradilar. Oxiriga qadar yetib borish uchun yo‘l masofasi qancha deb o‘ylaysiz?
Dunyoda bir kun qolish ehtimolini qancha deb o‘ylaysiz? Dunyoning zarari va g‘am-qayg‘usi deb tashvish chekmang, baribir shu dunyoda intiho topadi. Dunyo matosi va ne’matlaridan ortiqcha hursand bo‘lmang, u baribir zavolga yuz tutadi. Dunyoni izlaguvchini o‘lim ta’qib eta turib, dunyoni izlashi va o‘lim har qadamda poylab yurganini bila turib, g‘ofil bo‘lganiga hayronman”.
Dunyoda oxirat uchun ozuqa yeg‘ib, musofirlar qarz narsadan foydalanganidek, dunyodan bahramand bo‘lsak, undan ajralgan vaqtda musibatlarimiz og‘ir bo‘lmasligi uchun qalblarimizni to‘liq bermasak, dunyoni muqim qoluvchilar uchun emas, undan o‘tguvchilarga berilgan ziyofat deb qarasak, dunyoyu-oxiratimiz obod bo‘ladi, insha Alloh.
Dunyoga va uning ziynatlariga chalg‘ib qolmasligimiz uchun, ibodatlarimizda bardavom bo‘lishimiz va bu dunyodagi musibatlarga sabr qilib, karam va hilm bilan go‘zal tarzda bizga yordam berishini mehribon Zot Alloh taolodan so‘rab qolamiz.
Nodirabegim FAHRUTDINOVA,
“Yangi asr” universiteti “Filologiya va tillarni o‘qitish (mumtoz tillar bo‘yicha)” fakulteti 1-kurs talabasi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari hamda ilmiy maktablar qoshida faoliyat yuritayotgan «Qur’oni karim va tajvid» o‘quv kurslarida navbatdagi davra mashg‘ulotlari boshlandi.
Yurtimizda fuqarolarning Qur’oni karimni to‘g‘ri, tartil bilan o‘qishga bo‘lgan qiziqish va ehtiyojlarini qondirish, diniy-ma’rifiy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu o‘quv kurslarida bugungi kunga qadar 100 mingdan ortiq yurtdoshimiz tahsil olib, o‘qishni muvaffaqiyatli tamomladilar.
Hozirgi kunda respublikamiz bo‘ylab 31 ta rasmiy o‘quv kursi va filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda. Kurslarda tajribali qorilar va ustozlar tomonidan tajvid qoidalari, Qur’on tilovati va ma’rifiy asoslar chuqur o‘rgatilmoqda.
Mashg‘ulotlarda ishtirok etishni xohlovchilar o‘zlariga yaqin bo‘lgan quyidagi hududiy o‘quv markazlariga murojaat qilishlari mumkin:
Toshkent islom instituti qoshidagi o‘quv kursi
Manzil: Olmazor tumani, Zarqaynar 18-berk ko‘cha, 47-uy
Telefonlar: +998-71-227-23-47, +998-95-525-50-52, +998-97-260-06-00
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshidagi o‘quv kursi
Manzil: Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy
Telefonlar: +998-95-056-26-96, +998-99-202-24-04
«Ko‘kaldosh» O‘MITM qoshidagi o‘quv kursi
Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 46-uy
Telefonlar: +998-99-249-30-90, +998-90-000-19-96
«Xadichai Kubro» ayol-qizlar O‘MITM qoshidagi o‘quv kursi
Manzil: Olmazor tumani, Fayzibaland ko‘chasi, 1-uy
Telefonlar: +998-71-299-24-11, +998-90-067-33-00
Nurafshon shahri filiali (Toshkent islom instituti qoshida)
Manzil: Nurafshon sh., Muqimiy MFY, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 178-uy
Telefon: +998-99-935-89-62
Yangiyo‘l shahri filiali (Toshkent islom instituti qoshida)
Manzil: Yangiyo‘l sh., Samarqand ko‘chasi, 145-uy
Telefonlar: +998-93-718-44-88, +998-99-191-96-00
Chirchiq shahri filiali (Toshkent islom instituti qoshida)
Manzil: Chirchiq sh., Birlik MFY, A.Navoiy ko‘chasi, 454-uy
Telefonlar: +998-33-050-62-06, +998-91-657-15-18
Angren shahri filiali (Toshkent islom instituti qoshida)
Manzil: Angren sh., Navro‘z mahallasi, Ma’rifat ko‘chasi, 22-uy
Telefonlar: +998-94-212-25-15, +998-94-928-68-98
Bekobod shahri filiali (Toshkent islom instituti qoshida)
Manzil: Bekobod sh., Turon ko‘chasi, 503-uy
Telefonlar: +998-99-918-12-92, +998-77-500-92-92
Farg‘ona shahri filiali (Toshkent islom instituti qoshida)
Manzil: Farg‘ona sh., Kimyogarlar ko‘chasi, 10-uy
Telefon: +998-50-104-41-00
Buvayda tumani filiali (Toshkent islom instituti qoshida)
Manzil: Buvayda tumani, Poshshopirim qishlog‘i, Shukrona ko‘chasi, 1-uy
Telefonlar: +998-94-684-05-25, +998-94-624-05-25
Qo‘qon shahri filiali (Toshkent islom instituti qoshida)
Manzil: Qo‘qon sh., Munavvar ko‘chasi, 3-A uy
Telefonlar: +998-95-829-40-40, +998-90-588-42-44
«Hidoya» O‘MITM qoshidagi o‘quv kursi
Manzil: Namangan sh., Indra Gandi ko‘chasi, 1-uy
Telefonlar: +998-88-572-60-06, +998-93-192-19-84
Kosonsoy tumani filiali («Hidoya» O‘MITM qoshida)
Manzil: Kosonsoy tumani, Gulobod MFY, Me’mor ko‘chasi, 95-uy
Telefonlar: +998-91-177-11-34, +998-88-251-11-34
«Sayyid Muhyiddin maxdum» O‘MITM qoshidagi o‘quv kursi
Manzil: Oltinko‘l tumani, Jalabek MFY, G‘ulomjon Hakimov ko‘chasi, 7-uy
Telefonlar: +998-93-630-35-12, +998-94-101-33-91
Guliston shahri filiali («Ko‘kaldosh» O‘MITM qoshida)
Manzil: Guliston sh., Taraqqiyot MFY, Bunyodkor ko‘chasi, 605-uy
Telefonlar: +998-77-007-01-38, +998-94-007-19-95
Sirdaryo tumani filiali («Ko‘kaldosh» O‘MITM qoshida)
Manzil: Sirdaryo tumani, «Abu Bakr» jome masjidi hududi
Telefon: +998-95-987-42-42
Jizzax shahri filiali (Toshkent islom instituti qoshida)
Manzil: Jizzax sh., Sayiljoyi mahallasi, Gulzor ko‘chasi, 44/1-uy
Telefonlar: +998-55-152-77-33, +998-99-298-77-33, +998-93-300-03-25
Zomin tumani filiali (Toshkent islom instituti qoshida)
Manzil: Zomin tumani, G‘.G‘ulom MFY, Sh.Nasriddinov ko‘chasi
Telefonlar: +998-93-294-83-53, +998-97-328-63-40
Hadis ilmi maktabi qoshidagi o‘quv kursi
Manzil: Payariq tumani, Xo‘ja Ismoil mahallasi (Imom Buxoriy ziyoratgohi)
Telefonlar: +998-94-186-19-94, +998-66-240-20-51
Kalom ilmi maktabi qoshidagi o‘quv kursi
Manzil: Payariq tumani, Xo‘ja Ismoil mahallasi (Imom Buxoriy ziyoratgohi)
Telefonlar: +998-94-186-19-94, +998-66-240-20-51
Mir Arab oliy madrasasi qoshidagi o‘quv kursi
Manzil: Buxoro sh., Abu Hafs Kabir ko‘chasi, 3-uy
Telefon: +998-99-702-82-70
«Mir Arab» O‘MITM qoshidagi o‘quv kursi
Manzil: Buxoro sh., Xo‘ja Nurobod ko‘chasi, 16-uy
Telefonlar: +998-97-303-44-43, +998-65-420-45-97, +998-99-964-34-95
«Jo‘ybori Kalon» ayol-qizlar O‘MITM qoshidagi o‘quv kursi
Manzil: Buxoro sh., Havzi nav ko‘chasi, 92-uy
Telefonlar: +998-65-221-72-73, +998-50-070-84-24, +998-90-080-88-84
Tasavvuf ilmi maktabi qoshidagi o‘quv kursi
Manzil: Kogon tumani, Qasri Orifon qishlog‘i (Bahouddin Naqshband ziyoratgohi)
Telefon: +998-99-702-82-70
Navoiy shahri filiali (Mir Arab oliy madrasasi qoshida)
Manzil: Navoiy sh., M.Tarobiy ko‘chasi, 48-B uy
Telefon: +998-90-969-48-64
«Xoja Buxoriy» O‘MITM qoshidagi o‘quv kursi
Manzil: Kitob tumani, Zargarlik ko‘chasi, 4-uy
Telefonlar: +998-75-542-74-25, +998-99-667-40-02
«Abul Muin Nasafiy» aqida ilmi maktabi qoshidagi o‘quv kursi
Manzil: Qarshi sh., Aral ovul MFY, Namuna ko‘chasi, 9-uy
Telefon: +998-88-850-18-18
«Imom Termiziy» O‘MITM qoshidagi o‘quv kursi
Manzil: Termiz sh., Shimoliy darvoza ko‘chasi, 3-uy
Telefonlar: +998-55-451-11-61, +998-97-533-77-08, +998-97-875-99-77
«Faxriddin ar-Roziy» O‘MITM qoshidagi o‘quv kursi
Manzil: Urganch tumani, Kattabog‘ mahallasi, Hamkorlik ko‘chasi, 43-uy
Telefonlar: +998-95-623-23-43, +998-99-021-54-04, +998-99-503-32-62
«Muhammad al-Beruniy» O‘MITM qoshidagi o‘quv kursi
Manzil: Nukus sh., Bilimler guzari ko‘chasi, 1a-uy
Telefon: +998-94-598-26-26
Qo‘shimcha ma’lumotlar, guruhlar jadvali va qabul shartlari bo‘yicha yuqoridagi mas’ul raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin.