#kun_hikmati
Shayx Muhammad Siddiq ibn Hasan Qinnavjiy ilmning lazzati haqida quyidagi so‘zlarni aytgan:
"Shuni bilingki, bir narsaning sharafi yo ayni o‘zida bo‘ladi yoki uning natijasida kelib chiqadi. Ilmda esa bu ikki holatdagi sharaf ham mavjud. Chunki ilmning aynan o‘zi lazzatli, shuning uchun ham uning o‘zi talab qilinadi va yana uning natijasi ham shirindir. Ayni shu natija uchun ham ilm o‘rganilishi mumkin".
#ilm #lazzat #izlanish
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Ayol-qizlarning har tomonlama bilim egallashi har bir davrda dolzarb hisoblangan. Zero, ular ertaning egalari bo‘lgan kelajak avlodning tarbiyachilaridir.
Shahrimizdagi "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti bugungi kunda muhim ahamiyatga ega dargoh hisoblanadi.
Bugun, 15-may Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov «Xadichai Kubro» ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurtiga tashrif buyurib, ilm olayotgan qizlar bilan samimiy muloqot olib bordilar.
Tadbir yakunida islom bilim yurti uchun konditsioner va elektrodoska taqdim etildi. Yaxshi tilaklar va xayrli duolar bilan uchrashuv yakunlandi.
MuslimShosh.uz