«Sadaqa» so‘zi lug‘atda birovni ikrom qilish niyati ila emas, Alloh taologa qurbat niyati ila beriladigan narsadir. Bu ma’no zakotni va ixtiyoriy sadaqani o‘z ichiga oladi.
«Sadaqa» ulamolar istilohida Alloh taologa qurbat hosil qilish niyati ila tiriklik chog‘ida evazsiz mulk qilib berishdir. Rog‘ib Asfihoniy aytadi: «Sadaqa – inson o‘z molidan qurbat niyati ila chiqargan narsadir».
Aslida molni ixtiyoriy chiqarishni sadaqa deyiladi. Farz mol chiqarishni zakot deyiladi. Gohida har bir yaxshilik ishni ham sadaqa deyilishi bor. Agar molni muhtoj kishiga evazsiz mulk qilib berishdan Alloh taologa qurbat hosil qilish ko‘zlansa, sadaqa bo‘ladi. Agar molni beriladigan shaxs oldiga uni ulug‘lab va mehrini qozonish uchun olib borilsa, xadiya bo‘ladi. O‘limi oldida mol ulashish atiyya bo‘ladi. Boshqa holatlarda hiba bo‘ladi. Sadaqaning sadaqa deb atalishiga sabab u o‘z egasining iymoni va niyati sodiqligini tasdiqlashi uchundir.
Alloh taolo Qur’oni karimda mo‘min-musulmon bandalarini sadaqa qilishga targ‘ib qilgan. Alloh taolo Munofiqun surasida aytadi:
«Sizlardan biringizga o‘lim kelib «Ey Robbim, agar meni oz muddatga ta’xir qilib tursangda, sadaqa qilib solihlardan bo‘lib olar edim», deyishidan oldin Biz sizga rizq qilib bergan narsadan infoq qilib qolinglar» (10-oyat).
Kuch-kuvvatning borida, molu-dunyoning yetarligida xech narsa xayolga kelmay, sadaqa qilishni esga ham olmay yurib-yurib, o‘lim elchisi eshik qoqib kelganda Allohga yolvorib «meni biroz o‘ldirmay turgin, sadaqa qilib, ahli solihdan bo‘lib olay», degandan foyda yo‘q. Balki yoshlikda, kuch-quvvatning borida ibodatlarni o‘rnida ado etib, sadaqalarni qilib ahli solihlardan bo‘lib olish kerak. Ana o‘shanda o‘lim elchisi ham hech narsadan qo‘rqmay, xech narsaga afsus qilmay kutib olinadi. Ha, vaqtida Alloh taolo bergan rizqdan joyini topib infoq qilib qolish kerak. Keyin esa kech bo‘ladi. Alloh taolo aytadi:
«Sadaqani oshkora qilsangiz qandoq ham yaxshidir. Agar maxfiy qilsangiz va faqirlarga bersangiz, bu siz uchun yaxshidir. Sizdan gunoxlaringizni yuvadir. Ba Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir».
Ushbu oyati karimada sadaqani oshkora qilish ham, maxfiy qilish ham maqtalmokda. Bu haqdagi boshqa oyat va shar’iy dalillarni jamlab o‘rganib chiqqan ulamolarimiz xulosa qilib aytadilarki, sadaqa farz bo‘lsa, uni oshkora qilish yaxshi, chunki bu holda Allohning amriga toat oshkora ko‘rinadi. Agar sadaqa ixtiyoriy bo‘lsa, uni maxfiy qilingani yaxshi. Riyodan va manmanlikdan uzoqda bo‘linadi. Sadaqa qilish xoh oshkora bo‘lsin, xoh maxfiy bo‘lsin, doimo o‘z egasiga foyda keltiradi, uning gunoxlarining yuvilishiga sabab bo‘ladi.
Ma’lumki, odamning topgan mol-mulkidan o‘z ixtiyori bilan boshqa kishilarga sadaqa qilishi oson emas. Buning uchun doimiy ravishda targ‘ibot olib borib, odamlar qalbidagi baxillik, molga bo‘lgan xirs hislarini yuqotish kerak bo‘ladi. Ikkinchidan, saxiylik darajasiga yetganlarida riyokorlikni yo‘qotish uchun xarakat qilmoq lozim bo‘ladi. Hayotiy tajribada ham mol sarflashni yo‘lga qo‘yishdan ko‘ra, riyodan qochishni yo‘lga qo‘yish qiyin ekanligi ko‘rilgan. Kishilarda qilgan sadaqasini, yaxshiligini odamlar bilishini xohlash tabiati kuchli.
Sadaqa juda e’tiborli narsa, uning katta-kichigi bo‘lmaydi. Zotan, sadaqa so‘zi «sidq», «sodiq» so‘zlaridan olingan bo‘lib, bandaning iymon borligini tasdiqlovchi amal degan ma’noni bildiradi. Kishining iymoni, Allohga ishonchi bo‘lsa, qalbida qilayotgan xayr-ehsonining savobidan umidvorlik tuyg‘usi bo‘lsa, bergan sadaqasi ana shu tuyg‘ularning chin ekanligini tasdiqlaydi.
Xulosa qilganda, sadaqa qilish musulmon inson uchun muhim amallardan biri bo‘lib, nafaqat muhtojlarga yordam, balki o‘zining oxirati uchun ham ulkan foyda beradi. Uni imkoni boricha Alloh uchun ixlos bilan berish va riyodan uzoq bo‘lish lozim.
Sulaymon Fayzullayev,
Toshkent Islom instituti 4-kurs talabasi.
Suhbat avvalida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi oliy darajadagi faol muloqotlar va tizimli ishlar natijasida aloqalar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.


Bu kabi yaqin munosabatlar ikki tomonlama do‘stlik hamda hamkorlikni yanada mustahkamlashi alohida e’tirof etildi.


Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi ko‘rib chiqildi. Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy va gumanitar sohalardagi loyihalarni yanada kengaytirishga ahdlashib olindi.


Yetakchilar global va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.