Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Oktabr, 2026   |   7 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:19
Quyosh
06:38
Peshin
12:08
Asr
15:55
Shom
17:42
Xufton
18:57
Bismillah
18 Oktabr, 2026, 7 Jumadul avval, 1448
Maqolalar

Duo qiling va ishoning!

14.02.2025   11245   1 min.
Duo qiling va ishoning!

Bir qishloqda kambag‘al yolg‘iz onaning bir nafar o‘g‘li bor edi. Ona har tunda farzandi haqqiga duo qilardi. Bir kuni o‘g‘li og‘ir betob bo‘lib qoldi. Ona har qancha duo qilsa-da, farzandi tuzalavermagach, o‘sha davrning olimiga borib: “Nega Alloh mening duolarimni qabul qilmayapti?” deb so‘radi. Olim tabassum bilan: “Ba’zida mashaqqatlar ham odamga foyda berishi mumkin. Kasal bo‘lgan kishi tuzalgach, salomatligining qadriga ko‘proq yetib, o‘ziga e’tibor bera boshlaydi. Alloh O‘zini zikr qilgan bandani hech qachon yolg‘izlatib qo‘ymaydi”, dedi.

Oradan vaqtlar o‘tib, onaning o‘g‘li tuzalib, keyinchalik shifokor bo‘ldi. U ko‘plab insonlarni davolashga hissa qo‘shib, kasbiga ma’suliyat bilan yondashardi. Ona o‘g‘lining haqqiga qilgan duolari ijobat bo‘lganini, faqat o‘zi natijani ko‘rishga shoshqaloqlik qilganini angladi.

Qissadan hissa shuki, hayotimizda har qancha sinov bo‘lsa-da, umidsiz bo‘lmasligimiz kerak ekan. Ba’zida azoblar, qiyinchiliklar ortidan ajoyib yaxshiliklar keladi. Shunday ekan, Allohga duo qiling va ijobatiga ishonch bilan yashang. 
 

Akbarshoh Rasulov

Boshqa maqolalar
Videolar

«Hakim Termiziy haqida eshitganmisiz?»

17.10.2026   7810   1 min.
«Hakim Termiziy haqida eshitganmisiz?»

Videolavhalar