Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Azon bilan iqomatning orasidagi duo rad qilinmaydi", dedilar.
(Abu Dovud, Nasaiy, Ibn Sunniy va Termiziy rivoyati).
Imom Termiziyning rivoyatlarida quyidagi jumla ziyoda qilingan:
"Yo Rasululloh, bu ikkalasining orasida nima deymiz?" deb so‘rashdi. U zot sollallohu alayhi vasallam: "Allohdan dunyo va oxiratdagi ofiyatni so‘ranglar", dedilar.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «Alloh azza va jalla (farishtalarga) aytadi: «Bandam biror yomonlikka shaylansa, uni yozmanglar. Agar uni qilsa, bitta yomonlik yozinglar. Agar biror yaxshilikka shaylansa-yu, uni qilmasa, bitta yaxshilik deb yozinglar. Agar uni qilsa, o‘nta (yaxshilik) yozinglar» (Imom Muslim rivoyati).