Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Iyul, 2025   |   18 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:20
Quyosh
05:01
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
20:00
Xufton
21:33
Bismillah
13 Iyul, 2025, 18 Muharram, 1447
Maqolalar

Ayollar taroveh namozini jamoat bo‘lib o‘qishlari mumkinmi?

14.02.2025   9375   1 min.
Ayollar taroveh namozini jamoat bo‘lib o‘qishlari mumkinmi?

Savol: Ayollar ham xatm qilish uchun taroveh namozini jamoat bo‘lib o‘qishlari mumkinmi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ayollarning Qur’onni xatm qilish maqsadida tarovehni jamoat bo‘lib o‘qishlari makruh hisoblanadi. Ayollar uchun bu borada eng maqbul yechim uyida o‘zi taroveh namozini o‘qiydi. Kuchi yetgunicha Qur’oni karimni o‘qib, xatmini ham qilib boraveradi. Qolaversa, ayollarni namozi haqida Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Ayol kishining hovlisidagi namozidan uydagi namozi afzaldir. Uning uydagi namozidan o‘ziga xos xonasidagi namozi afzaldir” (Imom Abu Dovud va Imom Bazzor rivoyati). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Tinchlik, adolat, erkinlik, hikmat borasidagi oyatlar

11.07.2025   1861   1 min.
Tinchlik, adolat, erkinlik, hikmat borasidagi oyatlar

Islom so‘zining ma’nolaridan biri tinchlikdir. Musulmonlar o‘zaro bir-birlari bilan ushbu so‘z orqali salomlashadilar, namoz vaqtida mo‘min banda aytadigan eng oxirgi kalom ham, Alloh taoloning  go‘zal ismlaridan biri, jannatning nomlaridan biri ham “As-Salom” – tinchlikdir.

Tinchlik, adolat, erkinlik, hikmat borasida ko‘plab oyatlar bor.

Qur’oni karim har bir insonga e’tiqod erkinligini kafolatlaydi. “Sizlarning diningiz o‘zlaringiz uchun, mening dinim o‘zim uchundir” (“Kafirun” surasi, 6-oyat).

E’tiqodni yoyishda zo‘rlik o‘tkazish ta’qiqlangan. “Dinda zo‘rlash yo‘q” (“Baqara” surasi, 256-oyat).

Aqlga mos, dalil-isbotli, hayotga tatbiq etiladigan yondoshuv orqali, har bir insonning aqliy darajasi va holatini hisobga olib, qalbga ta’sir qiluvchi, muloyim uslubda, agar bahs va munozara bo‘lsa, xushmuomala, adolatli va madaniyatli tarzda fikr almashish, da’vat etiladi.

“Parvardigoringizning yo‘li – diniga donolik, hikmat va chiroyli pand-nasihat bilan da’vat qiling! Ular bilan eng go‘zal yo‘lda mujodala, munozara qiling! (“Nahl” surasi, 125-oyat).

Har bir insonga, dini, millati va irqiga qaramasdan, adolat bilan munosabatda bo‘lish, dushmanlik qilmagan bo‘lsa, yaxshilik qilish, ehtirom ko‘rsatish Islom ta’limotlaridandir.

“Alloh sizlarni dinlaringiz to‘g‘risida sizlar bilan urushmagan va sizlarni o‘z diyorlaringizdan haydab chiqarmagan kimsalardan – ularga yaxshilik qilishlaringizdan va ularga adolatli bo‘lishlaringizda qaytarmas. Albatta Alloh adolat qilguvchilarni sevar” (“Mumtahana” surasi, 8-oyat).

 

Ma’rufxon Aloxodjayev,

Namangan shahri “Abdulqodir qori” jome masjidi imom-xatibi

Manba: @Softalimotlar

MAQOLA