Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyun, 2025   |   1 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:51
Peshin
12:31
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
26 Iyun, 2025, 1 Muharram, 1447
Yangiliklar

Otinoyilar oilalarga ko‘makchi bo‘lmoqda

17.02.2025   9998   1 min.
Otinoyilar oilalarga ko‘makchi bo‘lmoqda

O‘tgan hafta mobaynida Respublikamiz otinoyilari tomonidan ijtimoiy muhitni yanada sog‘lomlashtirish yuzasidan bir talay tadbirlar o‘tkazildi.

Jumladan, “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida 606 ta, to‘y, ma’raka-marosimlarni tartibli o‘tkazish va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha 651 ta, bid’at-xurofotlar va dabdababozlikka qarshi 599 ta, ajrim yoqasida turgan oilalarni yarashtirish, ajrimlarning oldini olish bo‘yicha 461 ta oila bilan suhbatlashildi.

Shuningdek, migrantlar bilan Vatan muqaddasligi, yot va buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik borasida 383 ta suhbat va tadbirlar o‘tkazildi. Kam ta’minlangan oilalarga turli yordamlar ko‘rsatildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Otinoyilar oilalarga ko‘makchi bo‘lmoqda Otinoyilar oilalarga ko‘makchi bo‘lmoqda Otinoyilar oilalarga ko‘makchi bo‘lmoqda Otinoyilar oilalarga ko‘makchi bo‘lmoqda
MAQOLA
Boshqa maqolalar

Talaba ta’tilni qanday o‘tkazish kerak?

23.06.2025   7043   1 min.
Talaba ta’tilni qanday o‘tkazish kerak?

O‘quv yili tugab, ota-onani ziyorat qilish, ularning xizmatiga borish vaqti kelgach, darslar tugab, imtihonlardan forig‘ bo‘lgach, «Endi butunlay bo‘shman, ilmdan forig‘ bo‘ldim», deb tasavvur qilmang. Ota-onaning xizmatida bo‘lib, duolarini oling. Ta’til payti ham siz uchun muhim bir vaqt hisoblanadi. 

Ota-onangiz, aka-ukangiz, opa-singlingiz, qarindosh-urug‘laringiz nimalarni o‘rganganingizga, odobingiz qanday bo‘lganiga qiziqishadi. «O‘g‘limiz nimalarni o‘rganib keldi ekan-a, ustozlaridan nimalarni ta’lim oldi ekan» deb, havas ko‘zlari bilan qaray boshlashadi. Ana shunda siz ularni odobingiz, kamtarligingiz, xizmatingiz bilan xushnud qilsangiz, nafaqat o‘zingizni, balki ustozlaringizni, nafaqat ustozlaringizni, balki Islom dinini ham barchaga sevdirasiz.

Buning natijasi o‘laroq odamlarda din ilmiga rag‘bat oshib, ular ham farzandlarini ahli ilm qilishga, qori qilishga shoshib qoladilar. Aksincha, namozlar qazo bo‘la boshlasa, xulq-atvor yomon bo‘lsa, «Bu bola o‘qib yurib shu ahvolda bo‘lsa, bundan ko‘ra o‘qimaganimiz yaxshi ekan», deyishadi. Odamlarning ilm olishdan hafsalasi pir bo‘ladi, ustozlarni hurmat qilmay qo‘yishadi. Bu holatda dinga foydangiz emas, zararingiz ko‘proq tegadi. Bunday tolibi ilmlardan Alloh taoloning O‘zi asrasin!

Bir narsani yaxshi bilib oling: siz makonlar, holatlar o‘zgarishi bilan o‘zgarib qolavermang. Holatlar sizni o‘zgartirmasin, siz holatlarni o‘zgartiring. Doimo istiqomatda bo‘ling, sabot bilan turing. Alloh taolo har holatda ham sizni ko‘rib turganini aslo yodingizdan chiqarmang.

 «Talabalik davrini qanday o‘tkazmoq kerak?» kitobidan