Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Iyun, 2025   |   2 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:51
Peshin
12:31
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
27 Iyun, 2025, 2 Muharram, 1447
Maqolalar

Eng go‘zal namuna

19.02.2025   8564   3 min.
Eng go‘zal namuna

Payg‘ambarlarning vazifasi Alloh taoloning buyruq va qaytariqlarini insonlarga yetkazish, so‘zida va amalida bayon qilib berishdir. Qur’oni karimda  barcha payg‘ambarlar ushbu mas’uliyatli vazifani mukammal bajarganliklari ta’kidlangan.

Payg‘ambarlar qatorida Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallam zulmatlarni yorituvchi nur misol ummatni munavvar manzillar sari yetakladilar. Alloh taolo bunday marahamat qiladi:

وَدَاعِيا ً إِلَى اللَّهِ بِإِذنِهِ وَسِرَاجًا مُّنِيرا


“Allohning izni bilan U zotga (Uning diniga) da’vat qiluvchi va (haq yo‘lni ko‘rsatuvchi) nurli chiroq qilib yuborgandirmiz”(“Ahzob” surasi, 46-oyat).


Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam go‘zal o‘rnak, insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi ekanliklari ushbu oyatda bayon qilinyapti. Shu sababdan sahobalar u zotning hayotlarini diqqat bilan kuzatib, o‘zlari uchun o‘rnak qilib olishgan va kelajak avlodlarga katta g‘ayrat bilan yetkazishgan.


Payg‘ambarimiz alayhissalomdan o‘rnak olish har bir musulmon uchun eng oliy vazifa hisoblanadi. Alloh taolo bunday marhamat qiladi:

وَمَا آتَاكُمُ الرَّسُولُ فَخُذُوهُ وَمَانَهَاكُمْ عَنْهُ فَانتَهُوا وَاتَّقُوا اللَّهَ 

“Payg‘ambar o‘zi sizlarga ato etgan narsani olinglar, u zot sizlarni qaytargan narsadan qaytinglar va Allohdan qo‘rqinglar”(“Hashr” surasi, 7-oyat).


Alloh taolo Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan Qiyomatga qadar barcha insonlar o‘rnak olishini ta’kidlagan.  U zot alayhissalom ham so‘zda, ham amalda bayon qilgan asos va qoidalar butun insonlar uchun yo‘l ko‘rsatuvchidir. Shunday vaziyatlar bo‘lganki, u zotdan dushmanlari va ozor bergan shaxslarni la’natlash, ularga azob kelishi uchun duo qilishlarini so‘raganlar. Lekin shunday og‘ir vaziyatda ham: “Men la’natlovchi emas, balki rahmat payg‘ambari qilib yuborildim”, – deb javob berishlari fikrimizning dalilidir.


U zotning axloqlari to‘g‘risida Oisha onamizdan so‘ralganda: “U zotning xulqlari  Qur’on edi”, deb javob berdilar. Oisha onamizning bergan javoblaridan Qur’onning buyruq va qaytariqlariga bo‘ysunish eng chiroyli axloq ekanini yana bir bor anglaymiz. Imom Navaviy: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Qur’on rozi bo‘lgan ishdan rozi, Qur’on norozi bo‘lgan ishdan norozi bo‘lar edilar”, deganlar. Bulardan ayon bo‘ladiki, musulmon kishi oyat va hadislardagi buyruqlarga bo‘ysungan vaqt Payg‘ambarimiz alayhissalomni  o‘zlariga o‘rnak qilib olgan bo‘ladi.


Haqiqatda, Rasululloh alayhissalom arzimas sabablar tufayli bir-birini halok qiladigan, axloqsizlikning yuqori cho‘qqisiga chiqqan qavmdan Saodat asri deya e’tirof etilgan jamiyatni tarbiyaladilar. Payg‘ambar alayhissalomning bu yutuqqa erishishlarida buyuk axloqlari, hayot yo‘llarining ta’siri bor, albatta.


Bundan kelib chiqadiki, go‘zal xulqning inson hayotida tutgan o‘rni beqiyosdir. Zero, Islom dini mohiyatini boshqalarga namoyon etishning eng yaxshi yo‘li go‘zal axloqdir!


Hoshim domla Amanov,

Toshkent islom instituti o‘qituvchisi  

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI

26.06.2025   7041   2 min.
HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI


 Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasida 27 iyun – “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda matbuot, televideniye, radio, internet saytlari vakillari, blogerlar ishtirok etdi. Shuningdek, Diniy idoraning hududiy vakilliklari Matbuot xizmati xodimlari Zoom dasturi orqali masofadan turib qatnashdi. 
 Ta’kidlash joizki, davlatimiz Rahbari matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarining mashaqqatli mehnatlarini har jihatdan qo‘llab-quvvatlashlari barobarida ularga yuksak e’tibor qaratib kelayotganlari quvonarli hol albatta.

 Tadbir Qur’oni karim tilovati va ezgu duolar bilan boshlandi. Shundan so‘ng O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov jurnalistlarga Muftiy hazratlarining tabriklarini yetkazish barobarida xalqimiz manfaati, din g‘ami va Vatan taqdirini yuragidan o‘tkazib ishlaydigan ijod ahlining da’vatkor so‘zi, ibratli faoliyati tahsinga loyiq ekanini bildirib o‘tdi. 
 Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi o‘rinbosari, “O‘zbekiston 24” teleradiokanali Ijodiy birlashmasi Bosh direktori Madamin Safarov so‘zga chiqib, diniy-ma’rifiy ishlarni xalqimizga to‘laqonli yetkazishda ijod ahlining o‘rnini alohida qayd etishdi. Xususan, ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan qilinayotgan hamkorliklar tufayli teleradio va matbuotdagi chiqishlar salmog‘i yil sayin ortib borayotganini ta’kidlashdi.

 Bayram tadbiri yakunida o‘ttizdan ziyod hamkor OAV vakillariga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashakkurnomalari va esdalik hadyalar taqdim etildi.  

 Fursatdan foydalanib Muslim.uz jamoasi barcha matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayramlari bilan tabriklab qoladi!
 FOTOLAVHALAR 


 O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 MUSLIM.UZ (http://muslim.uz/) GA  OBUNA BO'LING (https://t.me/+PSOPDevNs2Va-wt7)  VA ULASHING (https://telegram.me/share/url?url=https://t.me/muslimuzportal)

 YouTube (https://www.youtube.com/@Muslimuzz/featured) | Instagram (https://www.instagram.com/muslimuzportali/) |  Facebook (https://www.facebook.com/muslimuzportal)

#xabar #27_iyun #matbuot #axborot

HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI HAMKOR JURNALIST, BLOGЕR VA MATBUOT KOTIBLARI QUTLANDI
O'zbekiston yangiliklari