Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Sentabr, 2025   |   12 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:31
Quyosh
05:52
Peshin
12:27
Asr
16:58
Shom
18:55
Xufton
20:10
Bismillah
04 Sentabr, 2025, 12 Rabi`ul avval, 1447
Maqolalar

Nega bu vaqtda namoz o‘qish makruh?

25.02.2025   5709   1 min.
Nega bu vaqtda namoz o‘qish makruh?

Shayx Muhammad G‘azzoliy rahimahulloh aytadilar:

“Hanafiy va molikiy mazhablari imom juma xutbasini o‘qiyotgan vaqtida masjidga kirgan kishi tahiyyatul-masjid namozini o‘qishi makruh deb biladilar. Holbuki, bu namozni o‘qish haqida hadis kelgan. Buning sababi nima?

Biroz mulohaza yuritib, shunday xulosaga keldim: Juma xutbasi hijratdan keyin shariatga kirgan. Musulmonlar o‘n yil davomida Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning orqalarida juma namozini o‘qiganlar, ya’ni bu davrda taxminan 500 ta xutba aytilgan. Lekin ular qayerda? Nega muhaddislar bu xutbalarni yozib qoldirmagan? Ular faqat sanoqligina xutbalarni qayd etgan!

Haqiqat shundaki, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam xutba qilganlarida Qur’on tilovat qilar edilar. U zot minbarda turganlarida Allohning kitobini o‘qish bilan band bo‘lardilar, shuning uchun barcha kishilar sukut saqlab, diqqat bilan eshitishlari kerak edi. Hech kim o‘sha paytda boshqa narsa bilan, jumladan, namoz yoki qiroat bilan mashg‘ul bo‘lolmas edi. Chunki Alloh taolo bunday marhamat qilgan: Qachon Qur’on o‘qilsa, uni diqqat bilan eshiting va jim turing, shoyadki rahm qilinsangiz (A’rof surasi, 204-oyat)”.


Homidjon qori ISHMATBЕKOV

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Sariosiyoda 210 nafar bolajonga bayramona sovg‘alar ulashildi

02.09.2025   2356   1 min.
Sariosiyoda 210 nafar bolajonga bayramona sovg‘alar ulashildi

Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Surxondaryo viloyati vakili Rasuljon domla Abdullayev va Sariosiyo tumanidagi “Xoja Alouddin Attor” jome masjidi imom-xatibi Abduqodir domla Mirzaqulovlar tashabbusi bilan "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida o‘tgazilgan xayrli ish ham yuzlab oilalarga bayramona kayfiyat ulashdi.


Hayrli tadbir davomida Sariosiyo tumanining chegara hududida joylashgan 7 ta mahallada istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalarning 210 nafar farzandiga maktab kiyimlari, milliy liboslar, do‘ppilar sovg‘a qilindi.

Ko‘rsatilgan e’tibor va ko‘makdan mamnun bo‘lgan ota-onalar hadya ulashganlar haqqiga duolar qilishdi.


O‘z navbatida tadbir tashkilotchilari ham kelajak vorislarini vatani, xalqi faravonligi uchun munosib xizmat va hayrli amallar qiladigan insonlar bo‘lishlarini tilashdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Surxondaryo viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari