Sayt test holatida ishlamoqda!
15 May, 2025   |   17 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:29
Quyosh
05:04
Peshin
12:24
Asr
17:24
Shom
19:38
Xufton
21:07
Bismillah
15 May, 2025, 17 Zulqa`da, 1446
Yangiliklar

Taklif va so‘rovlar o‘rganilib, hal etilmoqda

26.02.2025   12174   1 min.
Taklif va so‘rovlar o‘rganilib, hal etilmoqda

Bugun chorshanba. O‘zbekiston musulmonlari idorasiga yurtimizning turli joylaridan kelgan yurtdoshlarimizni Diniy idora raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov qabul qildi.

Ularning haj va umra, moddiy yordam va boshqa masalalarda qilgan murojaatlarini tingladi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va so‘rovlar atroflicha o‘rganilib, Diniy idora vakolati doirasida hal etishga yo‘naltirildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Taklif va so‘rovlar o‘rganilib, hal etilmoqda Taklif va so‘rovlar o‘rganilib, hal etilmoqda Taklif va so‘rovlar o‘rganilib, hal etilmoqda Taklif va so‘rovlar o‘rganilib, hal etilmoqda Taklif va so‘rovlar o‘rganilib, hal etilmoqda
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Xudoga xush keladigan ishlarni qilaylik!

14.05.2025   2690   1 min.
Xudoga xush keladigan ishlarni qilaylik!

Dunyoda shunday ishlar borki, Alloh taologa suyukli bo‘ladi. Ulardan biri ko‘ngilni shod etish hisoblanadi.

 

Bu haqda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bunday marhamat qilganlar: “Alloh taologa farz ibodatlardan keyin eng maqbul ish – musulmon kishining ko‘ngliga surur (xursandchilik) yetkazishdir”.   

 

Darhaqiqat, o‘zga kishining ko‘nglini olish, uni xursand qilish xayrli amallardandir. Hazrati Alisher Navoiy:

 

Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylagay,

Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay, deya bejiz aytmagan.

 

Musulmonning ko‘ngliga ozor berish esa, xunuk ishlardandir. Bu haqda xalqimizda: “Dilozordan Xudo bezor”, degan naql bor.

 

Alloh taolo barchamizni o‘zgalarga ozor berishdan saqlab, Alloh taologa suyukli bo‘lgan ishlarni qilishga muvaffaq aylasin!

 

Ruhiddin Akbarov,

O‘MIning
Qashqadaryo viloyat vakilligi xodimi