1. Metabolizmni yaxshilash
Ro‘za tutish davomida organizm qondagi shakar va insulin darajasini nazorat qilishni o‘rganadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ro‘za tutish insulin sezgirligini oshirib, 2-xil diabet xavfini kamaytiradi.
2. Qon bosimini pasaytirish
Ro‘za tutish davomida organizmdagi natriy (tuz) mikdori kamayib, qon bosimi pasayishi mumkin. Bu yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi.
3. Vaznni kamaytirish
Ro‘za tutish ortiqcha vaznni kamaytirish uchun samarali usuldir. Organizm sahar va iftor oralig‘ida yonchi moddalarni ishlatib, yog‘larni eritishni boshlaydi.
4. Qondagi xolesterinni kamaytirish
Ro‘za tutish davomida “yaxshi” xolesterin (HDL) ko‘payib, “yomon” xolesterin (LDL) kamayadi. Bu yurak-qon tomir tizimini yaxshilashga yordam beradi.
5. Ichki organlarni tozalash
Ro‘za tutish davomida organizm autofagiya (jisman hujayralarni tozalash) jarayonini boshlaydi. Bu jarayon ortiqcha toksinlardan xalos bo‘lish va ichki organlarning ish faoliyatini yaxshilashga yordam beradi.
6. Miya faoliyatini yaxshilash
Ro‘za tutish miyaning neyroplastik (o‘zgartirish) qobiliyatini oshiradi. Bu esa xotira, o‘rganish va fikrlash qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi.
7. Immunitetni kuchlantirish
Ro‘za tutish davomida organizm yangi immun hujayralarni ishlab chiqaradi. Bu esa immunitet tizimini kuchlantirib, kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi.
8. Ruhiy tinchlik va stressni kamaytirish
Ro‘za tutish davomida organizmda endorfin (baxt gormoni) ko‘payib, stress va tashvishni kamaytiradi. Bu esa ruhiy tinchlik va xotirjamlikka olib keladi.
Ilmiy tadqiqotlarga asoslangan xulosa
Ramazon oyida ro‘za tutish nafaqat ibodat, balki sog‘lom turmush tarzini saqlash uchun xam ajoyib imkoniyatdir. Tibbiy jihatdan ro‘za tutish organizmni tozalash, metabolizmni yaxshilash va turli kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Ammo, ro‘za tutishda muvozanatni saqlash muhim. Sahar va iftorda sog‘lom va balandlangan ovqatlanish, suvni yetarli mikdorda ichish va tanani ortiqcha charchatmaslik kerak.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
حدثنا أبو قلابة الرقاشي نا أبو عامر العقدي ووهب بن جرير وعبد الصمد بن عبد الوارث وحفص بن عمر قالوا: نا هشام بن أبي عبد الله عن يحيى بن أبي كثير عن الحضرمي بن لاحق عن سعيد بن المسيب قال: سألت سعد بن أبي وقاص عن الطيرة فانتهرني فقال: من حدثك فكرهت أن أحدثه قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم يقول :”لا عدوى ولا طيرة وإن تكن الطيرة في شيء ففي الفرس والمرأة والدار“ وقال رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم :”إذا سمعتم بالطاعون بأرض ولستم بها فلا تدخلوها وإذا كان بأرض وأنتم بها فلا تخرجوا منها“.
Said ibn Musayyibdan rivoyat qilinadi: “Sa’d ibn Abu Vaqqosdan tiyara haqida so‘radim, meni bundan qaytarib: “Senga bu haqda kim aytdi?” deb so‘radi. Men unga aytishni istamadim. U: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallamning bunday deganlarini eshitganman dedi”: “Yuqish ham yo‘q, tiyara ham yo‘q. Agar tiyara (shumlanish) biror narsada bo‘lsa, u: otda, ayolda va hovlidadir”.
Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam: “Agar biror yerda vabo tarqalganini eshitsangiz, sizlar u yerda bo‘lmasangiz, u yerga kirmang! Agar vabo bir joyda tarqalsa-yu, sizlar o‘sha yerda bo‘lsangiz, u yerdan chiqmang!” dedilar.
Izoh: “Yuqish yo‘q” degani kasallikning o‘zida yuqish quvvati yo‘q, balki kasallik Allohning izni bilan paydo bo‘ladi, ya’ni kasallik yuqqan kishida ham mazkur kasallikni Alloh yaratadi, deganidir. Bu gap e’tiqodga bog‘liq.
Ammo amalga kelganda yetishi mumkin bo‘lgan zararlardan saqlanish vojib bo‘ladi. Shuning uchun hadisning davomida vabo tarqagan joyga kirmaslikka buyurganlar.
“Tiyara” – shumlanish. Bu cÿz arabcha “toyr” so‘zidan olingan bo‘lib, qush deganidir. Johiliyat davrida arablar biror muhim ishni qilmoqchi bo‘lca, masalan, safarga chiqishdan oldin yoki biror ishda ikkilansa, qo‘liga qush olib, uchirishardi. Agar qush o‘ng tarafga uchsa, o‘sha ishni qilishar, chap tarafga uchsa, qilishmas edi. Mana shu ish “tiyara” deb atalgan va “tiyara”, “tatoyyur” (“tiyara qilish”) so‘zlari umumiy shumlanishga ham ishlatiladigan bo‘lib ketgan.
Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi