frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Yangiliklar

Ilm olishning muhimligi haqida suhbat qilindi

27.02.2025   13230   1 min.
Ilm olishning muhimligi haqida suhbat qilindi

Poytaxtimizning Uchtepa tumanida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov ishtirokida "Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida aholi vakillari, yoshlar va xotin-qizlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 

Tumandagi 229-maktabning faollar zalida o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda ne’matlar shukri ila ziyoda bo‘lishi, ilm olishning qanchalik muhimligi to‘g‘risida so‘z bordi.
 

Ma’ruza davomida farzandlarni yot g‘oyalar ta’siridan saqlash, sog‘lom e’tiqodli qilib tarbiyalashda har bir ota-onaning vazifalari haqida aytib o‘tildi.

Savollarga atroflicha  javoblar berildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

 

Ilm olishning muhimligi haqida suhbat qilindi Ilm olishning muhimligi haqida suhbat qilindi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Namozim buzildimi?

27.06.2025   4826   1 min.
Namozim buzildimi?

Savol: Masjiddagi jamoatda ba’zan oldingi safdagi odamning kiyimi kalta bo‘lgani uchun sajdada orqasi qisman ochilib qoladi va bexosdan unga ko‘zimiz tushib qoladi. Shu holatda tahorat yoki namozimiz buzilmaydimi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ulamolar tahorat va namozni buzuvchi omillarni birma-bir sanaganlar. Ular ichida birovning avratiga ko‘z tushib qolish sababli buziladi, degan gap yo‘q. Birovning, xoh ayolning, xoh erkakning avratiga qarash sababli bavl yoki biror suyuqlik chiqmasa, tahorat sinmaydi. Ammo bu degani qarash, nazar solish mumkin ekan, deb tushunmaslik kerak. Chunki bunday ishlar aslo mumkin emas.

Bir narsani yodda tutish lozimki, namoz o‘qish uchun tayyorlanayotgan inson namoz o‘qish asnosida avratlari ochilib qolmasligining chorasini ko‘rishi kerak bo‘ladi. Chunki bir rukn (farz amali) miqdoricha avratining to‘rtdan biri ochilib tursa, uning namozi buziladi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi