Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Iyun, 2025   |   2 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:51
Peshin
12:31
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
27 Iyun, 2025, 2 Muharram, 1447
Yangiliklar

Turli millat va din vakillarining bir zaminda o‘zaro inoq va hamkor bo‘lib yashashlari ulug‘ ne’matdir

03.03.2025   11178   1 min.
Turli millat va din vakillarining bir zaminda o‘zaro inoq va hamkor bo‘lib yashashlari ulug‘ ne’matdir

Muhtaram Prezidentimizning muborak Ramazon oyini munosib kutib olish va yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risidagi Qarorlariga binoan bu yilgi qutlug‘ oy "Ramazon - saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi" shiori ostida o‘tkazilmoqda. 

Zero, bag‘rikenglik – turli millat va din vakillarining bir zaminda o‘zaro inoq va homkor bo‘lib yashashlarini anglatuvchi tushunchadir. Yurtimizda 16 diniy konfessiya, 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir osmon ostida, bir zaminda, bir havodan nafas olib, hamjihat bo‘lib, bir maqsad sari harakat qilishi bag‘rikenglik, totuvlik, hamkorlik, tolerantlik kabi tushunchalarning yurtimizdagi ifodasidar. 

Dini, millati, irqi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar dunyodagi insonlarning huquqlari va erkinliklari tengdir. Islom dini ta’limotidan kelib chiqib ajdodlar shunday yo‘l tutganlar va bizlarga ham shunday o‘rgatganlar. 

Zero, Alloh taolo Qur’oni karimda: “Ey insonlar, darhaqiqat Biz sizlarni bir erkak va bir ayoldan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishinglar uchun sizlarni turli-tuman xalqlar va qabila-elatlar qilib qo‘ydik” deya marhamat qilgan.

Muborak oyning ulug‘ kunlarida muhtaram Yurtboshimiz qarorlari amalda ekanligi isboti o‘laroq bugun, Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Farxod aka Kushakov, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonovlar Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi jismoniy imkoniyati cheklangan, boquvchisini yo‘qotgan, ehtiyojmand, kam ta’minlangan turli diniy konfessiya vakillari holidan xabar olishib, ular muborak Ramazon oyi bilan qutlashdi va “Vaqf” xayriya jamoat fondi vakillari bilan hamkorlikda ularga oziq-ovqat mahsulotlari tarqarishib, siniq ko‘ngillarga xursandchilik ulashishdi. 

Bu kabi saxovat tadbirlari muborak Ramazon oyi oxiriga qadar davom etadi.

O‘MI Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Turli millat va din vakillarining bir zaminda o‘zaro inoq va hamkor bo‘lib yashashlari ulug‘ ne’matdir Turli millat va din vakillarining bir zaminda o‘zaro inoq va hamkor bo‘lib yashashlari ulug‘ ne’matdir Turli millat va din vakillarining bir zaminda o‘zaro inoq va hamkor bo‘lib yashashlari ulug‘ ne’matdir Turli millat va din vakillarining bir zaminda o‘zaro inoq va hamkor bo‘lib yashashlari ulug‘ ne’matdir Turli millat va din vakillarining bir zaminda o‘zaro inoq va hamkor bo‘lib yashashlari ulug‘ ne’matdir Turli millat va din vakillarining bir zaminda o‘zaro inoq va hamkor bo‘lib yashashlari ulug‘ ne’matdir Turli millat va din vakillarining bir zaminda o‘zaro inoq va hamkor bo‘lib yashashlari ulug‘ ne’matdir Turli millat va din vakillarining bir zaminda o‘zaro inoq va hamkor bo‘lib yashashlari ulug‘ ne’matdir
MAQOLA
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Namozda qo‘lni bog‘lash

26.06.2025   2872   1 min.
Namozda qo‘lni bog‘lash

Hanafiy mazhabimizga ko‘ra, takbiri tahrima bilan namozga kirishda o‘ng qo‘lni chap qo‘l ustiga qo‘yib, qo‘llarini bog‘laydi va kindik ostiga qo‘yadi. Bu amalni ulamolarimiz sunnat deganlar. 

Alqama ibn Voil otalari Voil ibn Hujrdan rivoyat qiladi: “Nabiy sallallohu alayhi vasallam namozda o‘ng qo‘llarini chap qo‘llari ustiga qo‘yib, kindik ostiga qo‘yganlarini ko‘rdim”. 

Abu Juhayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Ali roziyallohu anhu aytadilar: “Namozda qo‘lni qo‘lning ustiga qo‘yib, kindik ostiga qo‘yish – sunnatdir” (Imom Abu Dovud rivoyati).

@AhliSunnaValJamoaUz

INFOGRAFIKA