Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Avgust, 2025   |   15 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:56
Quyosh
05:26
Peshin
12:34
Asr
17:26
Shom
19:34
Xufton
20:57
Bismillah
09 Avgust, 2025, 15 Safar, 1447
Maqolalar

Niyat qilib saharlikka turmasa bo‘ladimi?

05.03.2025   4390   1 min.
Niyat qilib saharlikka turmasa bo‘ladimi?

Cavol: Ro‘zada iftordan keyin yotishdan oldin ro‘zaga niyat qilib saharlikka turmasa bo‘ladimi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Ertasi kuni tutadigan ro‘zasi durust, lekin saharlik qilish sunnatini tark qilgan bo‘ladi. Saharlikning savobidan quruq qoladi. Bu haqda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bunday deydilar: Saharlik qilinglar. Chunki saharlikda baraka bor (Muttafaqun alayh).

Demak, saharlik bilan ro‘za tutishga odatlanish kerak. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo
markazi.

Ramazon
Boshqa maqolalar

Allohning yordami

06.08.2025   5819   1 min.
Allohning yordami

حدثنا العباس الدوري  نا يحيى بن حماد  أنا محمد بن طلحة عن أبيه عن مصعب بن سعد قال: رأى سعد أن له فضلا على من دونه قال: فقال رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم : إنما نصر الله هذه الأمة بضعفائهم وبصلاتهم ودعوتهم وإخلاصهم.


Mus’ab ibn Sa’ddan rivoyat qilinadi: “Sa’d o‘zini boshqalardan ustunroq deb o‘yladi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam: “Albatta, Alloh bu ummatga zaiflari, namozlari, duolari va ixloslari sababli nusrat bergan!” dedilar”.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi