Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Iyun, 2025   |   3 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:07
Quyosh
04:52
Peshin
12:26
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:46
Bismillah
28 Iyun, 2025, 3 Muharram, 1447

Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi

05.03.2025   7205   1 min.
Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi

Shu yil 3 mart kuni Ramazon oyi munosabati bilan Namangan shahridagi "Royal" tantanalar majmuasida iftorlik dasturxoni tashkil qilindi.

 

Muhtaram Prezidentimizning "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi qaroriga binoan bu yilgi qutlug‘ oy "Ramazon - saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi" shiori ostida o‘tkazilmoqda.

 

Namangan viloyati bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbasiddinov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyat boshqarmasi hamda Vaqf xayriya jamoat fondi Namangan viloyat filiali rahbarlari boshchiligida Namangan shahri, Yangi Namangan va Davlatobod tumanlarida istiqomat qiluvchi nogiron, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan,  ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqorolar va boshqa konfessiya vakillariga muruvvat ko‘rsatilib iftorlik dasturxoni yozildi.

 

Duoga qo‘l ochgan fuqarolarimiz yurtga tinchlik-omonlik so‘radilar, bunday hur, emin-erkin zamonning qadriga yetish, shukrona keltirish lozimligini ta’kidladilar. 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Namangan viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Agar bolam tuzalib ketsa...

27.06.2025   4864   1 min.
Agar bolam tuzalib ketsa...

Savol: Farzandim davolanish uchun xorijga ketgan edi. Men agar bolam tuzalib kelsa, tilla taqinchoqlarimni sadaqa qilaman, deb nazr qilgan edim. Alhamdulillah, tuzalib keldi. Sadaqa qilaman, deb tursam, qaynonam, taqinchoqlaringiz toza tilladan, uni menga soting va pulini sadaqa qilaverasiz, deb talab qilmoqda. Nima qilsam, to‘g‘ri ish qilgan bo‘laman?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Mazhabimizda zakot, fitr sadaqasi, ushr va nazr kabi vojib sadaqalarda, ularning qiymatini berish mumkin. Shu bois siz ham tillangizning o‘zini yoki sotib, pulini sadaqa qilsangiz ham bo‘ladi. Faqat sotishda, bozordagi narxi e’tiborga olinadi. Undan kam narxga sotish mumkin emas.

Kam narxga sotsangiz, tafovutini o‘zingizdan qo‘shib sadaqa qilishingiz lozim bo‘ladi. Masalan, tilla taqinchoqlaringiz narxi nazrni ado qilish kunlarida bozorda 10 million so‘m bo‘lsa, lekin tanishim yoki yaqin insonim deb, 8 millionga sotsangiz, yoniga 2 million qo‘shib, sadaqa qilasiz va shu bilan nazringizdan qutilasiz. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi