Bismillahir Rohmanir Rohiym
“Bu (Qur’on) imon keltiradigan qavm uchun Robbingizdan ko‘rsatmalar, hidoyat va rahmat (manbai)dir” (A’rof surasi, 203-oyat).
Ustoz Jahongir qori Ne’matov,
Toshkent Islom instituti "Qur’on ilmlari" kafedrasi mudiri.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «Alloh azza va jalla (farishtalarga) aytadi: «Bandam biror yomonlikka shaylansa, uni yozmanglar. Agar uni qilsa, bitta yomonlik yozinglar. Agar biror yaxshilikka shaylansa-yu, uni qilmasa, bitta yaxshilik deb yozinglar. Agar uni qilsa, o‘nta (yaxshilik) yozinglar» (Imom Muslim rivoyati).