Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyun, 2025   |   20 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:01
Xufton
21:40
Bismillah
16 Iyun, 2025, 20 Zulhijja, 1446
Yangiliklar

Ramazon qalblarga surur bag‘ishlaydi

14.03.2025   10707   3 min.
Ramazon qalblarga surur bag‘ishlaydi

Prezidentimizning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan “Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi” shiori ostida o‘tayotganligi tahsinga sazovor.


Ushbu tabarruk oyda xayrli amallarni emin-erkin ado etish uchun Namangan viloyatida ham barcha sharoit muhayyo qilindi. Shahar va tumanlardagi 190 dan ziyod masjidda taroveh namozi o‘qilmoqda. Masjidlarimizda Qur’oni karim tilovati uchun O‘zbekiston Musulmonlari idorasi viloyat vakilligi tomonidan 300 nafarga yaqin qori jalb etilgan.  


– Mohi Ramazonda ado etiladigan solih amallar evaziga mo‘min-musulmonlar ko‘pdan-ko‘p ajr va savoblarga ega bo‘ladi. Chunki tabarruk oyda Alloh taoloning rahmati, maxfirati har qachongidan ko‘proq yog‘iladi, – deydi Namangan viloyat bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbosiddinov. – Ramazon oyidagi xayr, saxovat ulug‘ligini ushbu hadis ham yana bir karra tasdiqlaydi.  


Davlatimiz rahbarining qarori hamda Ramazon oyi munosabati bilan yo‘llangan tabrigidan kelib chiqqan holda  atrof-muhitni muhofaza qilish, hududlarni obodonlashtirish, xayr va saxovat tadbirlari, shu jumladan, nogironligi bor kishilar, yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar va ehtiyojmand oilalarga mehr-muruvvat ulashish, bemorlar holidan xabar olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.  


Ramazon oyi munosabati bilan Namangan shahridagi “Royal” tantanalar majmuasida viloyat hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi viloyat vakilligi, “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamkorligida iftorlik dasturxoni tashkil qilindi. Unga Namangan shahri, Yangi Namangan va Davlatobod tumanlarida istiqomat qiluvchi nogironligi bor, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar hamda boshqa diniy konfessiya vakillari taklif qilinib, hurmat va ehtirom ko‘rsatildi.  


Shunday tadbirlar viloyatning barcha tumanlarida muntazam tashkil qilinmoqda. Xususan, Uychi tumanida uyushtirilgan ana shunday iftorlikdan keyin mahalla xonadonlariga borilib, turli millatga mansub muhtoj kishilar holidan xabar olindi. Bu mamlakatimizda bag‘rikenglik va birdamlik tamoyillarining amaldagi ifodasi ekanligidan yorqin dalolat beradi. 

Shunday shukuhli damlarda Namangan shahridagi “Mavlono” va “Mangulik” qabristonlarida tashkil qilingan hasharda mahallalar faollari, nuroniylar va yoshlardan iborat mingga yaqin hamyurtimiz ishtirok etdi. “Mavlono Mavlaviy” ziyoratgohi oldida Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov viloyatdagi imom- xatiblar, nuroniylar bilan muborak Ramazon oyini munosib o‘tkazish, savobli ishlarni davom ettirish mavzusida suhbatlashdi.  


Tadbir doirasida o‘tganlar xotirasi yodga olinib, ularning ruhiga Qur’on tilovat qilindi. Yurtimiz tinchligi va farovonligi yo‘lida qurbonlik qilinib, xayr va saxovat ishlari amalga oshirildi.  

Oqilxon Dadaboyev,
O‘zA muxbiri

Ramazon qalblarga surur bag‘ishlaydi Ramazon qalblarga surur bag‘ishlaydi Ramazon qalblarga surur bag‘ishlaydi Ramazon qalblarga surur bag‘ishlaydi Ramazon qalblarga surur bag‘ishlaydi Ramazon qalblarga surur bag‘ishlaydi Ramazon qalblarga surur bag‘ishlaydi Ramazon qalblarga surur bag‘ishlaydi Ramazon qalblarga surur bag‘ishlaydi Ramazon qalblarga surur bag‘ishlaydi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Bu yilgi takbir tashriq aytish kunlari qaysi kunlarga to‘g‘ri keladi?

30.05.2025   16717   1 min.
Bu yilgi takbir tashriq aytish kunlari qaysi kunlarga to‘g‘ri keladi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

اللهُ أكبر اللهُ أكبر لا إلهَ إلَّا الله واللهُ أكبر اللهُ أكبر ولله الحَمْد


O‘qilishi: Allohu akbar! Allohu akbar! Laa ilaha illallohu vallohu akbar! Allohu akbar va lillahil hamd.

Ma’nosi: Alloh buyuk, Alloh buyuk. Alloh taolodan o‘zga iloh yo‘q. Alloh buyuk, Alloh buyuk va hamd Alloh taolo uchundir.

Takbiri tashriq 5 iyun bomdod namozidan boshlab hayitning to‘rtinchi kuni, ya’ni 9 iyun asr namoziga qadar aytiladi:


5 iyun – 5 mahal,

6 iyun – 5 mahal,

7 iyun – 5 mahal,

8 iyun – 5 mahal,

9 iyun – 3 mahal.


Jami 23 mahal namozda takbiri tashriqni bir marotaba aytish vojib amal sanaladi.

Ushbu takbir xoh jamoat bilan, xoh yolg‘iz o‘qilgan har bir farz namozdan keyin aytiladi.

Ayollar takbiri tashriqni maxfiy aytadilar.

Namozga kechikib qo‘shilgan kishi ham namozini to‘liq qilgandan keyin takbiri tashriqni aytadi.

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar