frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Yangiliklar

Diniy soha xodimlari “Yashil makon” loyihasida faol qatnashmoqda

17.03.2025   13292   1 min.
Diniy soha xodimlari “Yashil makon” loyihasida faol qatnashmoqda

Muhtaram Prezidentimizning "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi qaroriga binoan bu yilgi qutlug‘ oy "Ramazon - saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi" shiori ostida o‘tkazilmoqda.

Bugun 16 mart kuni Namangan viloyat bosh imom xatibi Musoxon domla hamda viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan imom xatib va imom noiblari ishtirokida Namangan viloyatining uchta hududida Davlatabod, Uychi, va Chortoq tumanlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida 1 gektar joyga 3500 tupdan ortiq manzarali ko‘chatlar ekildi.

Shu kunlarda o‘lkamizning turli hududlarida diniy soha xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlarida faollik bilan ishtirok etmoqdalar.  "Tabiat – Alloh taoloning omonatidir" shiori ostida keng jabhada ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Diniy soha xodimlari “Yashil makon” loyihasida faol qatnashmoqda Diniy soha xodimlari “Yashil makon” loyihasida faol qatnashmoqda Diniy soha xodimlari “Yashil makon” loyihasida faol qatnashmoqda Diniy soha xodimlari “Yashil makon” loyihasida faol qatnashmoqda Diniy soha xodimlari “Yashil makon” loyihasida faol qatnashmoqda Diniy soha xodimlari “Yashil makon” loyihasida faol qatnashmoqda Diniy soha xodimlari “Yashil makon” loyihasida faol qatnashmoqda Diniy soha xodimlari “Yashil makon” loyihasida faol qatnashmoqda Diniy soha xodimlari “Yashil makon” loyihasida faol qatnashmoqda
MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ma’naviy-ma’rifiy soha fidoyilari taqdirlandi

27.08.2026   17480   1 min.
Ma’naviy-ma’rifiy soha fidoyilari taqdirlandi

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida diniy-ma’rifiy sohada samarali faoliyat yuritayotgan, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash va yoshlarni yot g‘oyalardan asrash yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh soha xodimlari taqdirlandi.
 

Tadbirda Qumqo‘rg‘on tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Eshqobilov ishtirok etib, yig‘ilganlarni qutlug‘ bayram bilan samimiy muborakbod etdi hamda ularning el-yurt osoyishtaligi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishdagi xizmatlarini yuqori baholadi.


Marosimda fidoyi soha xodimlariga tuman hokimligining tashakkurnomalari va bayram esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Ma’naviy-ma’rifiy soha fidoyilari taqdirlandi
O'zbekiston yangiliklari