Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Fevral, 2026   |   22 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:05
Quyosh
07:25
Peshin
12:42
Asr
16:08
Shom
17:54
Xufton
19:08
Bismillah
10 Fevral, 2026, 22 Sha`bon, 1447

O‘zbekistonlik qori xalqaro Qur’on musobaqasida qatnashadi

20.03.2025   8951   1 min.
O‘zbekistonlik qori xalqaro Qur’on musobaqasida qatnashadi

Shu yil 20-26 mart kunlari Iordaniya Hoshimiylar podshohligida 20-xalqaro Qur’on tilovati va yodlash musobaqasi bo‘lib o‘tadi. 

Mazkur musobaqada O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Imom Faxriddin ar-Roziy o‘rta maxsus islom bilim yurtining 2-kurs talabasi Muhammadamin qori Ahmadho‘jayev Vatanimiz sha’nini himoya qiladi.  

Ma’lumot o‘rnida ushbu musobaqa Iordaniyaning Islomiy ishlar va ziyoratgohlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad yosh avlodni Qur’oni karim ko‘rsatmalariga amal qilishga o‘rgatish sanaladi. Musobaqa podshoh Abdulloh II ning bevosita homiyligi ostida o‘tkazilmoqda.


Alloh taolo hamyurtimiz Muhammadamin qoriga muvaffaqiyat va zafar ato etsin! 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

 

 

O‘zbekistonlik qori xalqaro Qur’on musobaqasida qatnashadi O‘zbekistonlik qori xalqaro Qur’on musobaqasida qatnashadi
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ramazondan oldin halqumni halollash uchun baliq yeyish

09.02.2026   1065   1 min.
Ramazondan oldin halqumni halollash uchun baliq yeyish

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Ramazon oyi oldidan luqmani halollash maqsadida baliq yeb olish kerak degan mazmunda video ko‘rib qoldim. Rostdan ham shunday tavsiyalar bormi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Ming afsuski, ayrim hollarda obunachini ko‘paytirish maqsadida dinda yo‘q bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatadiganlar ham uchrab turadi. Shuning uchun musulmon kishi doimo diniga oid hukmlarni kim aytayotganiga e’tibor qaratmog‘i lozim ekan.

Ramazon oldidan baliq yeyish haqidagi gap-so‘zlar ham ana shu asossiz ma’lumotlar sirasiga kiradi. To‘g‘ri, xalqimiz orasida “Baliq luqmai halol” degan gap bor. Ammo uning ma’nosi baliq inson organizmida avval yeyilgan shubhali narsalarni halollaydi, degani emas, balki baliq boshqa hayvonlardan farqli o‘laroq, uning o‘lib qolganini ham yesa bo‘ladi, deganidir. Zero bu borada kelgan hadisi shariflar ham ushbu mazmunga dalolat qiladi.

Jumladan, Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Bizga ikki o‘limtik va ikki qon halol qilindi. Ikki o‘limtik; baliq va chigirtkadir. Ikki qon bo‘lsa, jigar va qora taloqdir, dedilar (Ibn Moja va Hokim rivoyat qilgan).

Faqatgina o‘lib qolgan baliqlar ichida hech qanday tashqi omilsiz, besabab o‘lib qolganini yeb bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar