Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Iyun, 2025   |   23 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:50
Peshin
12:29
Asr
17:40
Shom
20:02
Xufton
21:41
Bismillah
19 Iyun, 2025, 23 Zulhijja, 1446
Yangiliklar

O‘zbekistonlik qori xalqaro Qur’on musobaqasida qatnashadi

20.03.2025   6225   1 min.
O‘zbekistonlik qori xalqaro Qur’on musobaqasida qatnashadi

Shu yil 20-26 mart kunlari Iordaniya Hoshimiylar podshohligida 20-xalqaro Qur’on tilovati va yodlash musobaqasi bo‘lib o‘tadi. 

Mazkur musobaqada O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Imom Faxriddin ar-Roziy o‘rta maxsus islom bilim yurtining 2-kurs talabasi Muhammadamin qori Ahmadho‘jayev Vatanimiz sha’nini himoya qiladi.  

Ma’lumot o‘rnida ushbu musobaqa Iordaniyaning Islomiy ishlar va ziyoratgohlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad yosh avlodni Qur’oni karim ko‘rsatmalariga amal qilishga o‘rgatish sanaladi. Musobaqa podshoh Abdulloh II ning bevosita homiyligi ostida o‘tkazilmoqda.


Alloh taolo hamyurtimiz Muhammadamin qoriga muvaffaqiyat va zafar ato etsin! 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

 

 

O‘zbekistonlik qori xalqaro Qur’on musobaqasida qatnashadi O‘zbekistonlik qori xalqaro Qur’on musobaqasida qatnashadi
Boshqa maqolalar

Mino va Arafot ziyoratchilarni kutib olishga tayyor!

04.06.2025   10722   1 min.
Mino va Arafot ziyoratchilarni kutib olishga tayyor!

#xabar #haj2025

Bugun kechqurun 15 ming o‘zbekistonlik ziyoratchilar Makkai mukarramadagi mehmonxonalardan haj ibodatining asosiy amallarini bajarish uchun Mino vodiysiga yo‘l oladilar. 
 

Aytish joizki, bugungi kungacha O‘zbekiston ishchi guruhi vakillari tomonidan ziyoratchilarimiz ulug‘ ibodatni bekamu ko‘st ado etishlari uchun Mino, Arofat va Muzdalifa vodiylarida barcha shart-sharoitlar to‘liq tayyor holatga keltirilgan. 


Ayni maqsadda ishchi guruhi va shifokorlarning ma’lum a’zolari mazkur muborak vodiylarda bir muddat oldin borib, ziyoratchilarimizni kutib olishga shay bo‘lib turibdilar. 


Xususan, bu yil, O‘zbekiston tomonining talabiga muvofiq, Arafot hududidagi chodirlar yopiq tarzda barpo etildi. Ularning atrofi issiq o‘tkazmaydigan panellar bilan o‘ralgan, sovutish tizimi o‘rnatilgan, gilam va to‘shaklar solingan. Bu hozirgi yoz kunlarida ziyoratchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratadi.  
 
Shuningdek, barcha sharoitlarga ega tibbiyot markazlari, 3 mahal issiq ovqat va 24 soat davomida choy va salqin ichimliklar bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi. Arafotda Muzdalifada foydalanish uchun hojilarga maxsus to‘shak va soyabonlar tarqatish rejalashtirilgan.


Ayni paytgacha soha rahbarlari tomonidan ishchi guruhi a’zolari, ellikboshilar va shifokorlar jamoasiga haj jarayonlarini namunali boshqarish, belgilangan tartiblarga rioya etish va shar’iy masalalar haqida batafsil tushuntirildi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

Mino va Arafot ziyoratchilarni kutib olishga tayyor! Mino va Arafot ziyoratchilarni kutib olishga tayyor! Mino va Arafot ziyoratchilarni kutib olishga tayyor! Mino va Arafot ziyoratchilarni kutib olishga tayyor! Mino va Arafot ziyoratchilarni kutib olishga tayyor! Mino va Arafot ziyoratchilarni kutib olishga tayyor! Mino va Arafot ziyoratchilarni kutib olishga tayyor! Mino va Arafot ziyoratchilarni kutib olishga tayyor!