Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Aprel, 2026   |   20 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:32
Quyosh
05:54
Peshin
12:30
Asr
17:02
Shom
19:00
Xufton
20:16
Bismillah
09 Aprel, 2026, 20 Shavvol, 1447
Maqolalar

Hayitlik

25.03.2025   14484   2 min.
Hayitlik

Hayitda ota o‘g‘liga oyoq kiyim olib berish uchun bozorga olib bordi. Do‘konda o‘g‘li bir oyoq kiyim yoqqanday bo‘ldi. Shu payt do‘kon yonidan bir bola narsa sotib o‘tib qoldi. U do‘konga mo‘ralab, sotayotgan yeguligidan olishga chorlarkan, otasi oyoq kiyim olib berayotgan bolaga havaslanib qarab qoldi. Ota o‘g‘lining e’tibori tengdoshiga tushganini ko‘rdi. O‘g‘li uning eskirib ketgan kiyim-boshiga qarab, achinganini sezdi. Boyagina o‘ziga yoqqan oyoq kiyimni kiyib, shodlangan chehrasi mayuslashdi.

Ota o‘g‘lidan: “U bolani ham xursand qilmoqchimisan?”, deb so‘radi. O‘g‘lining yuz-ko‘zlari quvonchdan porladi: “Otajon! Unga ham shu oyoq kiyimdan olib berasizmi?” deya otasini quchoqlab minnatdorlik bildirdi. Ota narsa sotib yurgan bolani chaqirdi. O‘g‘liga olib bergan oyoq kiyimdan unga ham olib, kiydirdi. Bola oldiniga ishonqiramadi.

So‘ng xursand bo‘lganidan yig‘lab yubordi. Bu saxovatli amakiga rahmat aytib, qo‘lini o‘pmoqchi bo‘ldi. Amaki esa uning boshini silab: “Hayit muborak bo‘lsin, bolam!” dedi. “Sizga ham bayram muborak bo‘lsin, pullaringiz bundan ham ko‘paysin!” deya tezda javob qaytardi bola. Ota zimdan o‘g‘liga qaradi. Uning xursandligini ko‘rib, Alloh taologa shunday salim qalbli farzand bergani uchun shukronalar aytdi. O‘ylab qarasa, u o‘g‘liga hayitlik uchun bir oyoq kiyim olib beribdi. O‘g‘li esa unga bebaho narsalar – yaxshilik qilishning huzuri va shukronalik tuyg‘usini hadya qilibdi.

Haqiqiy hayitlikni Alloh taolo uchovlariga ham ato etibdi.
 

Yaxshilik qilish bandani jannatga olib borishi Qur’oni karim va hadisi shariflarda juda ko‘p aytilgan. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Sizlardan birortangiz o‘zi yaxshi ko‘rgan narsasini birodariga ravo ko‘rmaguncha mo‘min bo‘la olmaydi”, deganlar. 

Akbarshoh Rasulov

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston va Misr: Idoralararo ishchi guruhning 1-qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

09.04.2026   59   1 min.
O‘zbekiston va Misr: Idoralararo ishchi guruhning 1-qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

#xabar #hamkorlik 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, professor Davron Maxsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, shuningdek, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi mas’ul xodimlaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Misr Arab Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi. 


Dastlab Muzaffar Kamilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi “Al-Azhar” majmuasi rahbari o‘rinbosari, bosh imom o‘rinbosari va Islom tadqiqotlari akademiyasi bosh kotibi Doktor Muhammad Abdurrahmon ad-Duvayniy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda “Al-Azhar” majmuasi raisi va “Al-Azhar” bitiruvchilari butunjahon tashkiloti kengashi raisi o‘rinbosari doktor Salama Dovud, Islom tadqiqotlari akademiyasi bosh kotibi Doktor Muhammad al-Jundiy va bir qator davlat arboblari hamda O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi vakillari ishtirok etdi. 


Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy tadqiqot sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.


Muzaffar Kamilov ad-Duvayniy bilan o‘zbekistonlik talabalarni Al-Azharga qabul qilishni osonlashtirish maqsadida ta’lim, targ‘ibot va o‘qitish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy dasturlarni tashkil etish va O‘zbekistondagi ta’lim sertifikatiga tenglashtirilishi sohalarida  hamkorlikni kuchaytirish yo‘llarini muhokama qildi. 


Shuningdek, Imom Moturidiy ilmiy merosini birgalikda tadqiq etish, ekstremizmga qarshi kurashda o‘zaro tajriba almashish va birgalikda ilmiy anjumanlar tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.  


Muzokaralar yakunida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha maxsus ishchi guruhning xulosalari soha mutasaddilariga taqdim etishi belgilandi. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O‘zbekiston va Misr: Idoralararo ishchi guruhning 1-qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi O‘zbekiston va Misr: Idoralararo ishchi guruhning 1-qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi O‘zbekiston va Misr: Idoralararo ishchi guruhning 1-qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi O‘zbekiston va Misr: Idoralararo ishchi guruhning 1-qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi O‘zbekiston va Misr: Idoralararo ishchi guruhning 1-qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi O‘zbekiston va Misr: Idoralararo ishchi guruhning 1-qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi O‘zbekiston va Misr: Idoralararo ishchi guruhning 1-qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Dunyo yangiliklari