Eng ulug‘ g‘oyamiz: Jaholatga qarshi — ma’rifat"
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Chilonzor tuman hokimligi hamda Ma’rifiy targ‘ibot markazi hamkorligida Uchtepa tumanida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Ustoz Homidjon domla Ishmatbekov ishtirokida Chilonzor tumanidagi 164- maktab faollar zalida "Jaholatga qarshi ma’rifat" va "Ramazon oyi fazilatlari" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida yoshlarni kamolotida ilm olishning muhimligi mavzusida shuningdek, yoshlarni jamiyatga zid bo‘lgan yot g‘oyalardan asrash, turli ekstremistik guruhlar ta’siriga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida to‘xtalib o‘tildi.
Mazmunli ma’ruza davomida farzandlarni sog‘lom e’tiqodli va bilimli qilib tarbiyalashda har bir ota-onaning o‘rni muhimligi borasida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir so‘ngida, ijtimoiy, aqidaviy masalalarga doir berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.
https://t.me/marifiymarkaz/6410
Mustaqilligimizning 35 yilligi shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Namanganda ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olinmoqda.
“Mehr-saxovat” ma’rifiy tadbiri doirasida soha xodimlari shahardagi 125 ta xonadonga tashrif buyurib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatdilar. “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida ko‘rsatilgan ushbu ko‘mak ko‘ngillarga iliqlik, yuzlarga tabassum ulashdi.
Dildan kechgan samimiy suhbatlar va ko‘tarilgan duolar yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati