Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Avgust, 2026   |   8 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:12
Quyosh
05:38
Peshin
12:26
Asr
17:14
Shom
19:18
Xufton
20:39
Bismillah
21 Avgust, 2026, 8 Rabi`ul avval, 1448
Yangiliklar

Ustozlar ibrati

27.03.2025   13750   1 min.
Ustozlar ibrati

Eng ulug‘ g‘oyamiz:  Jaholatga qarshi — ma’rifat"

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Chilonzor tuman hokimligi hamda Ma’rifiy targ‘ibot markazi hamkorligida Uchtepa tumanida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari  Ustoz Homidjon domla Ishmatbekov ishtirokida Chilonzor tumanidagi 164- maktab faollar zalida "Jaholatga qarshi ma’rifat" va  "Ramazon oyi fazilatlari" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.  
Uchrashuv davomida  yoshlarni kamolotida ilm olishning muhimligi mavzusida shuningdek, yoshlarni jamiyatga zid bo‘lgan yot g‘oyalardan asrash, turli ekstremistik guruhlar ta’siriga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida to‘xtalib o‘tildi.
Mazmunli ma’ruza davomida farzandlarni sog‘lom e’tiqodli va bilimli qilib tarbiyalashda har bir ota-onaning o‘rni muhimligi borasida  fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir so‘ngida,  ijtimoiy, aqidaviy masalalarga doir berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

https://t.me/marifiymarkaz/6410 

Ustozlar ibrati Ustozlar ibrati Ustozlar ibrati Ustozlar ibrati Ustozlar ibrati
MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Namanganda 125 oilaga bayram quvonchi ulashildi

18.08.2026   15851   1 min.
Namanganda 125 oilaga bayram quvonchi ulashildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Namanganda ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olinmoqda.


“Mehr-saxovat” ma’rifiy tadbiri doirasida soha xodimlari shahardagi 125 ta xonadonga tashrif buyurib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatdilar. “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida ko‘rsatilgan ushbu ko‘mak ko‘ngillarga iliqlik, yuzlarga tabassum ulashdi.


Dildan kechgan samimiy suhbatlar va ko‘tarilgan duolar yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Namanganda 125 oilaga bayram quvonchi ulashildi Namanganda 125 oilaga bayram quvonchi ulashildi Namanganda 125 oilaga bayram quvonchi ulashildi Namanganda 125 oilaga bayram quvonchi ulashildi
O'zbekiston yangiliklari