O‘zbekiston musulmonlari idorasida Islom sivilizatsiyasi markazi Qur’oni karim zali ekspozitsiyasini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda, shuningdek, Qur’on qo‘lyozmalarning faksimile nusxalarini yaratish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Ma’lumot uchun, Markazning eng asosiy qismida Qur’oni karim zali o‘rin oladi. Bu yerda musulmon dunyosining ma’naviy durdonasi – qadimiy Usmon Mus'hafi joylashtiriladi. Shuningdek, somoniylar, qoraxoniylar, xorazmshohlar, O‘zbekxon, temuriylar va boshqa tarixiy sulolalar davrida bitilgan muqaddas kitobimiz nusxalari va ularning eski o‘zbek tilidagi tarjimalari qo‘yiladi.
Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati
Muqaddas haj ibodatlarini to‘liq ado etgan hojilarimiz yurtimizga bosqichma-bosqich qaytib kelishmoqda.
Alloh taoloning fazlu marhamati bilan muborak haj safariga musharraf bo‘lgan Samarqand viloyati ziyoratchilarining barchasi vatanimizga sog‘-salomat qaytishdi.
Ziyoratchilarni kutib olish tadbirlari yuqori saviyada tashkil etilib, ular oila a’zolari, yaqinlari va keng jamoatchilik tomonidan katta xursandchilik bilan qarshi olindi.
Safar davomida ziyoratchilarimizga barcha sharoitlar yaratildi. Ularga tajribali ellikboshilar, ishchi guruh va mutaxassislar doimiy xizmatda bo‘lishdi.
Hojilar muqaddas zaminlarda yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va davlatimiz ravnaqi uchun duolar qilishdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati